So’nggi yangiliklar

19:17“Ливерпуль” ва ПСЖ Барколя бўйича келиша олмаяпти 0 18:47Брэди Махачев - Гэрри жанги ҳақида: "Бир дарвоза олдидаги футбол" 0 18:13Таркибида 12 та жанги бор UFC 331 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 17:48"У ўз имиджини бузмоқда". Даррен Тилл Иан Гэррини аёллар ҳақидаги гаплари учун танқид қилди 0 17:17“Ҳеч ким клубдан устун эмас”: “Реал” Винисиусга ультиматум қўйди 0 17:07Ўзбекистонлик сумочи ўзидан уч баравар оғир рақиби устидан тарихий ғалабага эришди (ВИДЕО) 0 16:49Украина россиялик боксчиларнинг халқаро турнирларга қайтишига кескин қарши чиқди 0 16:16ИНТЕРВЬЮ. Икки Президентнинг меҳрини қозониб, дуосини олган дзюдочи — Ришод Собиров 0 15:50Дана Уайт UFC`ни сотиб олишдан олдин қандай қилиб 380 000 доллар ишлаб топганини айтиб берди 0 15:18“Барселона” Родри учун курашдан чиқди: бунга учта сабаб бор 0 14:51Асосий тўрга саралаш турнири орқали етиб келган теннисчимиз рейтингда ўзидан 530 поғона юқоридаги рақибасини "сочиб" ташлади 0 14:16Магнус Карлсен Самарқанддаги Олимпиадага келадими? Қолган юлдузларчи? 0 13:43Перейра Жош Хокитнинг "вызов"ига "ответ" қилди 0 13:20Жаҳон чемпиони фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради 0 12:49UFC 331 турнири учун Брайан Ортега иштирокидаги қизиқарли жанг эълон қилинди + ПОСТЕР 0

29 jan 15:18
Yangiliklar

Velosport, Olimpiya o'yinlari

Oybek Kasimov: O'zbekistonda yaqin kelajakda Osiyo o'yinlari o'tkaziladi

Har qanday ishning amalga oshishi, avvalo, harakatdan boshlanadi.

Bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport tizimida qo'lga kiritilayotgan yutuqlar, sohada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning tub negizida, eng avvalo, aholi salomatligi, yoshlarni faol turmush tarziga keng jalb etish, millat genofondini sog'lomlashtirish orqali O'zbekistonning xalqaro obro'-etiborini jahon maydonida yanada yuksaltirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. 

Yaqinda O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov rahbarligidagi delegaciya o'smirlar o'rtasidagi III qishki Olimpiya o'yinlari o'tkazilishi munosabati bilan Lozanna shahriga (SHveycariya) xizmat safarini amalga oshirdi. Yuqorida qayd etilgan masalalarning mohiyati, Lozannadagi uchrashuvlarning natijalari xususida u kishi bilan suhbatlashdik:

– Oybek Omilovich, ushbu safar va undan ko'zlangan asosiy masalalar xususida to'xtalib o'tsangiz.

– Lozannaga safardan maqsad, albatta, o'smirlar o'rtasidagi III qishki Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish hamda ushbu nufuzli musobaqa doirasida bir qator xalqaro sport tashkilotlari, olimpiya qo'mitalarining rasmiy vakillari bilan mamlakatimizda o'tkazilishi rejalashtirilayotgan nufuzli sport tadbirlari, xalqaro hamkorlik borasida tegishli kelishuvlarga erishish belgilangandi. Bundan tashqari, o'smirlar o'rtasidagi III qishki Olimpiya o'yinlarining tashkiliy jarayonlari, sportchi va mehmonlarga yaratilayotgan sharoitlar, Lozanna sport infratuzilmasi bilan chuqurroq tanishuv hamda bunday yuqori texnologik jarayonlarni jiddiy o'rganib chiqish va O'zbekistonda tatbiq etish borasida muzokaralar o'tkazishdan iborat edi. Safar davomida sport inshootlarining qurilishi, mashg'ulotlar o'tkazish bo'yicha yaratilgan sharoitlar, engil konstrukciyali va tejamkor zamonaviy sport inshootlari, ularda yaratilgan moddiy-texnik baza (qurilish, jihozlash tartiblari) bilan tanishdik hamda zarur kelishuvlar amalga oshirildi.

– Aynan qaysi sport tashkilotlarining rahbarlari bilan rasmiy uchrashuvlar o'tkazildi?

– Avvalo Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti, janob Tomas Bax va XOQ ijroiya qo'mitasi azolarining Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bilan o'zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bo'yicha uchrashuv tashkil etildi. Unda qishki sport turlarini rivojlantirish, sport menejmenti yo'nalishlarida birgalikda ish olib borish masalalari muhokama qilindi. O'zbekiston sporti va sport federaciyalarining o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, yurtimizda XOQ tizimida zarur loyihalarni amalga oshirish bo'yicha o'zaro fikr almashildi. SHuningdek, Yaponiya, Qozog'iston, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Rossiya, Belarus davlatlari Milliy olimpiya qo'mitalarining rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o'tkazildi.

– Eshitishimizcha, Osiyo olimpiya kengashi vakillari bilan ham aynan Lozannada uchrashibsiz. Ushbu uchrashuv xususida ham to'xtalib o'tsangiz.

– Haqiqatan, Lozannada Osiyo olimpiya kengashining Osiyo o'yinlari departamenti direktori Haydar Farmon bilan ham ko'rishdik. Uchrashuv chog'ida O'zbekistonda 2025 yili yoshlar o'rtasidagi IV Osiyo o'yinlarini o'tkazish bo'yicha suhbatlashdik va bu borada zarur kelishuvlarga erishildi. O'z o'rnida Haydar Farmon shu yil mart oyida Osiyo olimpiya kengashi prezidenti SHayx Ahmad Al-Fahad Al-Saboh O'zbekistonga tashrif buyurib, tegishli hujjatlar imzolanishini bildirdi. Bundan tashqari, Butunjahon taekvondo federaciyasi (WTF) prezidenti CHo CHjon Von bilan yurtimizda taekvondo sportini yanada rivojlantirish yo'lidagi hamkorlik borasida ham o'zaro fikr almashdik. Xalqaro suzish federaciyasi (FINA) prezidenti Xulio Sezar Maglione, UWW prezidenti Vlad Lalovichdan ilg'or usullardan foydalangan holda sportchilar malakasini oshirish, etuk sport mutaxassislarini tayyorlash bo'yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalasida zarur kelishuvlarga erishildi.

– Bilamizki, Haydar Farmon bir vaqtning o'zida Kurash xalqaro associaciyasining prezidenti ham hisoblanadi. Kurashni xalqaro maydonda yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini taminlash masalasida ham fikrlar bildirildimi?

– Albatta, kurash – xalqimizning milliy sporti, millatimizning faxri, g'ururi. Uning xalqaro maydondagi rivoji barchamiz uchun juda muhim. Haydar Farmon bilan bu masalada ham suhbatlashdik. Kelgusida mamlakatimizda rejalashtirilayotgan Osiyo olimpiya kengashi tizimidagi nufuzli musobaqalarni o'tkazishdan ko'zlangan maqsadlardan biri ham aynan milliy sportimiz – kurashning rivojiga xizmat qiladi. Qolaversa, OOK prezidenti SHayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabohning shu yil mart oyida Toshkentga rejalashtirayotgan tashrifi chog'ida ham bu masalalar muhokama qilinadi.

– Lozannaga safar chog'ida o'smirlar o'rtasidagi III qishki olimpiya o'yinlarining asosiy tashkilotchisi – “BCW” kompaniyasi rahbariyati bilan ko'rishdingiz. Sir bo'lmasa, uchrashuvda nimalar muhokama qilindi? 

– Mamlakatimizda yirik kompleks sport musobaqalarini o'tkazish uchun katta salohiyat mavjud. Faqat ishni tizimli, bosqichma-bosqich amalga oshirsak, bunga albatta erishamiz. Bugun davlatimiz rahbari boshchiligida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar samarasi, shaharu qishloqlar qiyofasining tobora chiroy ochib borayotgani Vatanimizni dunyoga tanitmoqda. SHu kunga qadar O'zbekistonda xalqaro miqyosdagi yirik kompleks musobaqalar o'tkazilmagan. Bilasiz, buning uchun katta resurslar, texnologiyalar, kompleks tadbirlar zarur. “BCW” kompaniyasi rahbariyati bilan ayni shu xususda muzokaralar olib borildi. Ular so'nggi yillarda O'zbekistonda yirik sport musobaqalarini qabul qilish yo'lida katta hajmdagi ishlar olib borilayotgani, yurtimizda zamonaviy sport infratuzilmasi yaratilayotganini alohida etirof etishdi. “BCW” kompaniyasi tomonidan yurtimizda o'tkazilishi rejalashtirilayotgan 2025 yilgi yoshlar o'rtasidagi IV yozgi Osiyo o'yinlari hamda 2030 yilgi XXI yozgi Osiyo o'yinlari bo'yicha shu yilning may oyiga qadar ish reja taqdim qilishlarini bildirishdi.

Xabaringiz bor, kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev turizmni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish masalalari bo'yicha o'tkazgan yig'ilishda ham mamlakatimizda jahon hamda qita chempionatlari va boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalarini o'tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish, O'zbekistonning xalqaro sport obro'-etiborini yuksaltirish lozimligini takidladilar.

– Demak, O'zbekistonda o'tkaziladigan kompleks sport musobaqalarining asosiy dasturchisi “BCW” kompaniyasi bo'ladi...

– Agarda o'zaro kelishuvga erisha olsak, ular va bizning talablarimiz mushtarak bo'lsa, shunday bo'lishi ehtimoldan yiroq emas. Aytganimdek, hali bu shunchaki muzokara. Bu borada ko'plab hamkorlar, xalqaro ekspertlar bilan gaplashamiz. Qolaversa, O'zbekistonda ham o'z ish uslubiga ega, dunyo tajribasini o'zlashtirib kelayotgan bir talay tashkilot va kompaniyalar, tuzilmalar borki, ularning fikr va tavsiyalari, maslahatlari asosida ish ko'ramiz. Yaqin kelajakda mamlakatimizda Olimpiya o'yinlari tizimidagi musobaqalarni o'tkazish dasturi ishlab chiqiladi. Bu davr talabi va qolaversa, davlatimiz rahbari va xalqimizning xohish-irodasi. O'tgan haftada Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog'iga aylantirish ustuvor vazifa ekanini takidladilar. SHu o'rinda aytish kerak, Lozannadagi har bir rasmiy va norasmiy uchrashuvda O'zbekiston Respublikasiga turistlarni jalb qilish maqsadida, qishki olimpiya o'yinlari doirasida, Lozannadagi “Olimpiya” muzeyida O'zbekistonda turizm va sport mavzusida taqdimotlar o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan ajratilgan fotomateriallar, liboslar, eksponatlar Lozannadagi “Olimpiya” muzeyi mutasaddilariga rasman taqdim etildi. Muhimi, uchrashuvlar sermahsul o'tdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing