So’nggi yangiliklar

12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0

11 iyu 09:45
Yangiliklar

Boks/MMA

Oybek Mamazulunov: “ARV “oyog'im”dan ushlab turibdi”

Qozog'istonning Atirau shahrida tashkil etilgan boks bo'yicha xalqaro turnirda hamyurtlarimiz umumjaoa hisobida mezbonlardan so'ng ikkinchi o'rinni band etishdi.

O'nta vazn toifasida o'tgan musobaqada yurtimiz sharafini Toshkent va Andijon viloyatilik asosan ikkinchi va uchinchi raqamli 9 nafar charm qo'lqop ustalarimiz himoya qilishdi. Polsha, Tojikiston, O'zbekiston va Qozog'istondan 100 ga yaqin bokschilar ishtirok etgan musobaqada - 49 kilogramm vazn toifasida tarkibdan o'rin olgan hamyurtimiz Hasanboy Latiboxunov final uchrashuvida mezbonlar vakili Doniyor Serikni mag'lub etib, oltin medalga ega bo'ldi.

Oybek Mamazulunov va Feruzbek Matisaevlarga kumush medal nasib etdi. Har ikki bokschimiz ham musobaqa mezbonlari bilan finalda kuch sinashishdi.

Hamyurtlarimizdan Anvar Ro'ziqulov, Ravshan Umrzoqov, Alisher Habibullaev, Jahongir Tursunboev va Ikrom Saidov shoxsupaning uchinchi pog'onasidan joy olishdi. Biz anchadan beri katta ringda ko'rinish bermayotgan jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Oybek Mamazulunovning fiklari bilan qiziqdik.

- Finalda yutqazganim yo'q. Hakamlar mezbonga ochiqdan-ochiq yon bosishdi, -dedi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi Oybek Mamazulunov. – Bundan unchalik ham xafa emasman. Men uchun bu turnirda natijadan ham ko'ra o'zimni sport formamni tekshirib olish muhim edi. SHu bois o'z hisobimdan bo'lsa ham Atirauga bordim. (Musobaqani bevosita kuzatgan murabbiy Mahmud Xo'jaev ham Oybek finalda mezbon SHoymurod Husainovni katta bosim ustida  ushlab yutganini tasdiqladi. Biroq, to'rt nafar Qozog'iston va bir nafar tojikistonlik hakamlar 2:1 hisobida Husainovga g'alabani bergan.

- Nimaga anchadan buyon  musobaqalarda ishtirok etmayapsiz?

- So'nggi bor o'tgan yil oxirida Samarqanddagi O'zbekiston chempionatida ishtirok etgandim. SHundan buyon musobaqalarga chiqmadim. Biroz dam oldim. 16 yildan buyon ilk bor tatil qildim.

- Sizni professional boksga  o'tib ketmoqda deya eshitgandik?

- Ochig'i, boksi rivojlangan xorijiy davlatlardan yaxshi takliflar bo'lyapti. Biroq, AIBAning  yarim professonal yo'nalishi ARV bilan shartnomam bor. 2013 yildan shu yilning dekabricha tuzilgan. SHu meni “oyog'im”dan ushlab turibdi. Bo'lmasa hozir professonalda tushayotgan bo'larmidim.

- Hozirda ARV mavsumi tugadi. SHundan kelib chiqib, shartnomani ertaroq bekor qilsa bo'lmaydimi?

-  Aytishlaricha, bunday yo'l tutsak jarima to'lashga to'g'ri kelar ekan.

- Olimpiya o'yinlaridan qanday natijalar kutyapsiz?

- Albatta, oltin, shuningdek, kumush va bronza medallari bo'lishiga ishonaman.  Sportchilarimiz, federaciya rahbariyati juda  katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqda. Bu shubhasiz, Rioda o'z natijasini beradi. Ammo, kim chempion bo'lishini aniq ayta olmayman. Termadagi hamma bolalar ham kuchli. Kimga omad kulib boqsa, o'sha g'olib bo'ladi. 

Ulug'bek Hakimjonov suhbatlashdi, o'z muxbirimiz

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing