12 noy 20:51
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek bokschilari dushanba kuni Rossiyadan yurtimizga qaytib keladilar
Boks bo'yicha terma jamoamiz azolari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tgan turnirdan ertaga qaytib kelishadi.
Vakillarimiz ertalab Rossiyaning shimoliy poytaxtidan Toshkentga qaytadilar.
Eslatib o'tamiz, ushbu turnirda uch nafar bokschimiz ishtirok etdi va ularning barchasi finalgacha etib bordi.
Hal qiluvchi janglarda Isroil Madrimov va SHunqor Abdurasulov g'alaba qozonib, shohsupaning yuqori pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsalar, JCH sovrindori Sanjar Tursunov kumush medal sohibiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar