15 mar 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek bokschilari Ozarbayjondagi turnirda ishtirok etmoqdalar
13-mart kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida "Buyuk ipak yo'li" xalqaro turniri boshlandi.
18 martgacha bo'lib o'tadigan musobaqada Osiyo va Evropadan sportchilar ishtirok etmoqdalar.
Turnirda O'zbekiston sharafini quyidagi bokschilar himoya qiladilar:
Mironshox Ibragimov (-49 kg)
Sirojiddin G'ulomjonov (-52 kg)
Iqboljon Xoldorov (-64 kg)
Fazliddin Meliboev (-69 kg)
Mahmud G'oipov (-75 kg)
Madiyor Saidrahimov (-81 kg)
Sardor Begaliev (-91 kg)
Murabbiylar: Rustam Saidov, O'tkirbek Haydarov.
SHuningdek hamyurtimiz Jasurbek Qurbonov turnirda hakamlar qo'mitasi tarkibidan o'rin olgan.
Havola :
Manba : instagram.com/uzbek.tigers/
Fikrlar