26 dek 08:44
Yangiliklar

O'zbek bokschilari Ozarbayjondagi turnirdan medallar shodasi bilan qaytishdi
Boku shahrida o'tkazilgan nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini Sardor Kamolmirzaev (-49 kg), Samandar Xolmurodov(-52 kg), Abdumalik Xalakov(-56 kg), Halim Utegenov(-60 kg), Jahongir Rahmonov(-64 kg), Manguberdi Abdurasulov(- 69 kg), Navo Tamazov(-75 kg), Jamshidbek Xudoyberganov(-81 kg), Javohir Tog'aymurodov(- 91 kg), Timur Otaboev(+91) kabi istedodli bokschilarimiz himoya qildi.
Musobaqada Halim Utegenov va Jahongir Rahmonov o'z vazn toifalarida barcha raqiblarini engib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsa, finalga qadar o'tgan janglarda zafar quchgan Sardor Kamolmirzaev va Javohir Tog'aymurodov ikkinchi o'rinni egalladi. SHuningdek, bokschilarimizdan Navo Tamazov, Timur Otaboev hamda Samandar Xolmurodov terma jamoamizga bronza medalni keltirdi.
SHu tariqa O'zbekiston terma jamoasi musobaqada ikkitadan oltin va kumush hamda uch bronza medalni qo'lga kiritib, umum jamoa hisobida mezbon davlatdan keyin ikkinchi o'rinni egalladi. uchinchi o'rinda esa Ukraina bokschilari qayd etildi.
Fikrlar