25 iyu 19:26
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek bokschilarining qozog'istonlik sobiq raqibi prof ringda debyut qiladi
Ertaga Belarusning Minsk shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Ushbu jang oqshomi doirasida qozog'istonlik charm qo'lqop ustasi, 2019 yilgi Osiyo chempioni (-81 kg) Bek Nurmaganbet professional boksdagi debyutini nishonlaydi. Ushbu jangda Bek vengriyalik Tamas Laskaga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, 22 yoshli Nurmaganbet havaskor boksdagi faoliyati davomida Bektemir Meliqo'ziev va Dilshodbek Ro'zmetovlarga qarshi jang qilgan. 2018 yili o'tkazilgan jangda Bektemir Meliqo'ziev uni mag'lub etgan. 2019 yilgi Osiyo chempionatida esa Nurmaganbet Dilshodbek Ro'zmetovdan ustun kelgan.
Havola :
Manba : Kaz Pro Boxing
Fikrlar