21 jan 10:19
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/27120_220.jpg)
O'zbek bokschisi Menni Pakyaoga qarshi jang qilishi mumkin
Boks bo'yicha filippinlik sobiq jahon chempioni Menni Pakyao ringga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi.
"Pakman" o'zining navbatdagi jangini aprel oylarida o'tkazishi kerak. OLAMSPORT.COM saytiga malum bo'lishicha Pakyao o'sha jangni o'zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorovga qarshi o'tkazishi mumkin. Bu xabarni bokschining o'zi ham, uning hamkorlari ham tasdiqladilar.
"Pakyao aprel oyida "TOP15"dagi bokschilardan biriga qarshi reyting jangini o'tkazishi kerak. O'sha to'qnashuv Malayziyada bo'lishi kutilmoqda. Mening menejerlarim ham malayziyalik. SHu sababdan ham, u bilan kelishuvga erishishimiz ehtimoli yuqori", - dedi Qudratillo.
Eslatib o'tamiz, WBC tomonidan fevral oyi uchun elon qilingan reytingda Pakyao uchinchi, Qudratillo esa beshinchi pog'onadan joy olgandi.
![](https://olamsport.com/upload/storage/27119_680.jpg)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar