28 apr 17:27
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek bokschisidan ikki bor nokdaunga uchragan Postol WBC kamari uchun jang qiladi
Ukrainalik bokschi Viktor Postol (30-2, 12 KO) navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.
U franciyalik Muhammad Mimun (21-2, 2 KO) bilan bo'lib o'tgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. O'n raundlik jang yakunida hakamlar 98:92, 97:93, 99:91 hisobidagi g'alabani Postolga taqdim etishdi.
Viktor ushbu g'alabasi evaziga superngil vazn toifasida WBC chempionlik kamariga rasmiy davogarga aylandi. Hamyurtimiz Jamshid Najmiddinov ikki yil avval Kievda o'tkazilgan jangda Postolni ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo'ygandi. Lekin yakunda hakamlar mezbon bokschining qo'lini ko'tarishgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar