So’nggi yangiliklar

08:12Курашчи қизларимиз "Иссиқкўл Опен" турнирида 5 та медаль қўлга киритишди 0 07:39Фабио Каннаваро: "Эхтиёткорлик билан ўйнаймиз" 0 07:11Mangu 4 турнири қайси шаҳарда ўтказилиши маълум бўлди 0 19:02"Чемпионлик матчида Жавоҳирга қўлимдан келганича ёрдам бераман" - Нодирбек Абдусатторов 0 18:25Теннисчи қизларимиз "Билли Жин Кинг кубоги"даги иштирокларини ғалаба билан бошлашди 0 17:59"Интер Майами" ғайриоддий қоида сабабли Каземиронинг транфери учун "Лос-Анжелес Гэлакси"га 1 миллион доллар тўлайди 0 17:23О'Мэлли чемпион Петр Янни жангга чорлади 0 16:54Геннадий Головкин энди расман бокс афсонаси! (+ФОТО) 0 16:23Светлана Осипова Жаҳон рейтингида биринчи ўринга кўтарилиб олди! 0 15:51Тарихда илк бор футбол бўйича жаҳон чемпионатларида она ва ўғил иштирок этди 0 15:20Эшкак эшиш бўйича ёшлар ўртасида жаҳон чемпиони Ўзбекистон шарафини ҳимоя қиляпти + ФОТО 0 14:53Муроджон Аҳмадалиев кейинги жангини қачон ўтказиши маълум қилинди 0 14:28Шарифа Давронова АҚШ талабалар чемпионатида кумуш медални қўлга киритди (+ВИДЕО) 0 13:59ФИФА президенти Эрон кийим алиштириш хонасига кириб, нималар деди? 0 13:26Оқ уйдаги UFC турнири жангчиларининг қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0

08 avg 21:49
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbek boksi tarixida yangi sahifa ochildi: Yosh bokschilarimiz Osiyo chempionatida 10 ta oltin medal qo'lga kiritishdi

Quvaytda o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati yakunlandi. Bugun 8 avgustda musobaqa doirasida final janglari bo'lib o'tdi.

Ahamiyatlisi, 14 ta vazn toifasida o'tkazilgan final janglarining 12 tasida o'zbekistonlik yosh charm qo'lqop ustalari ringga ko'tarilishdi. 

Kun to'liq ravishda o'zbek yigitlariga ataldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bahslarda ringga chiqqan 12 nafar bokschimizning 10 nafari raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo'lishdi. Ikki nafar bokschimiz kumush, yana ikkisi bronza medaliga ega chiqdi. 

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilar medallar bilan yurtimizga qaytadigan bo'lishdi:

Oltin:

-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov

-37 kg: Hojiakbar Mahmudov

-40 kg: Farrux To'laganov

-43 kg: Umidillo Abdurasulov

-46 kg: Boburbek Bobojonov

-49 kg: Lazizbek To'lqinov 

-52 kg: Dalerjon Bozorov 

-55 kg: Jahongir Narziev

-61 kg: Mirzob Nekboev 

-64 kg: SHavkatjon Boltaev


Kumush:

-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov 

-67 kg: SHahboz Hamidullaev


Bronza:

-70 kg: Aynazar Kenesbaev 

+70 kg: Husanboy Rihsiboev


Qayd etish lozimki, Bekzod Xidirov qo'l ostidagi terma jamoamiz o'zbek boksida yangi sahifa ochishdi. Musobaqada ishtirok etgan 14 nafar bokschimizning barchasi yurtimizga medal bilan qaytadigan bo'ldi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

+2   
08 avg 22:10:34
Dilshot Solihov
Xali nasib qilsa bu bolardan dunyoni larzaga keltiradigan bokischilar yetishib chiqadi nasib qilsa. Murabilar shitabiga esa katta raxmat bu o'z o'zidan bo'midi mashaqatli mexnat evaziga erishildi gap yo'q.
+2   
08 avg 21:53:20
Камолиддин Бозаров
Zur natija bulibdi.
+1   
08 avg 22:36:16
Kozimbek Sheraliyev
Боксчиларимизга омад жахон чемпионатларида хам шунака йутуклар насиб килсин
+1   
08 avg 22:32:08
Atxam Abduvaliyev
Barchalarini ota onasiga raxmat murabbiylariga raxmat g'alabalari bardavom bo'lsin.
   
09 avg 05:24:08
Akmal Jovliev
Mazza qilib tomosha qildim boksni! Qoil O'zbekiston boksdan osiyoda yaqqol gegemonga aylanib olibdi malades!
   
08 avg 23:10:39
Бахтиёр Чориев
Офарин
   
08 avg 22:40:03
Samar Uralov
Yoshlarimiz ham Osiyoga Master klass ko'rsatishni boshlashdi.Yashavoringlar shovvozlar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing