27 dek 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek boksi yulduzlari bayram arafasida xayrli ishga qo'l urishdi + FOTO
Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya markazi bolalar bo'limiga tashrif buyurishdi.
O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati va O'zbekiston onkologlar associaciyasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan mazkur tadbirda boksimiz yulduzlari bemor bolakaylarning holidan xabar olishdi va ularga yangi yil bayrami sovg'alarini taqdim etishdi.
Tadbirda shuningdek Toshkentning "Lokomotiv" futbol klubi azolari ham ishtirok etishdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar