So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

21 sen 16:16
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbek jang sanati. CHirchiqda xalqaro seminar tashkil etildi

Teglar :  O'zbek jang sanati
Seminarda bir qator xorijiy mamlakatlardan mutaxassislar ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, milliy sport turimiz bo'lgan O'zbek jang sanati sport 2009 yilda tashkil etilgan bo'lib, mazkur cpopt turini yanada ommalashtirish, mashg'ulotlarni yuqori saviyada tashkil etish, sportchilarning tajriba va mahoratini oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratish, malakali murabbiylar va hakamlar tayyorlashga O'zbek jang sanati federaciyasi tomonidan  alohida etibor qaratib kelinadi. SHu bois, joriy yilning 19-20 sentyabr kunlari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya sport universitetida O'zbek jang sanati federaciyasi tomonidan xalqaro amaliy- nazariy seminar tashkil etildi.


O'zbek jang sanati sport turi bo'yicha mazkur xalqaro murabbiylik va hakamlik seminarida Qozog'iston, Qirg'iziston,  Rossiya hamda mamlakatimizning barcha hududlaridan 400 nafarga yaqin murabbiylar ishtirok etishdi. 

Seminarni O'zbek jang sanati asoschisi, federaciya raisi Po'lat Usmonov hamda boshqa mutaxassislar olib borishdi.

Ikki kun davomida seminar ishtirokchilari mutaxassislar tomonidan O'zbek jang sanatining yo'nalishlarini nazariy- amaliy jihatdan o'rganib, bilim va tajribasini oshirishdi. Yakuniy nazorat-mashg'ulotlari o'tkazilgach, ishtirokchilarga xalqaro hakamlik va murabbiylik sertifikatlari topshirildi. 

Takidlash joiz, ushbu seminar o'z mahoratini oshirish, bilimlarini yangilash va bilan tajriba almashish imkonini berdi.  Olingan bilim va ko'nikmalar murabbiylarga o'g'il-qizlarni mashg'ulotlarga jalb etish orqali yangi-yangi chempionlarni kashf etishga va milliy sport turimiz - O'zbek jang sanatini  dunyo bo'ylab yanada ommalashishiga xizmat qiladi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing