So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

17 sen 15:40
Yangiliklar

Boshqalar

"O'zbek jang sanati" o'quv qo'llanmasi taqdimoti o'tkazildi

Teglar :  O'zbek jang sanati
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida taqdmot bo'lib o'tdi.

16 sentyabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ustoz, O'zbek jang Sanati federaciyasi raisi, Xalqaro toifadagi sport ustasi, Butunjahon milliy sportlar federaciyasi (WOMAU) vice-prezidenti Usmonov Po'lat Akramovich muallifligidagi "O'zbek jang sanati" o'quv qo'llanmasi taqdimoti o'tkazildi. 

Ushbu o'quv qo'llanma o'zbek tarixining afsonaviy arboblari qanday qilib ushbu jang sanatining asoslarini qo'yganligini yoritib beradi. Ularga Alp Er To'nga, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur, Bobur Mirzo kiradi. Bu qahramonlar jang sanatining qadriyatlari va texnikasini shakllantirgan. Natijada jang sanati nafaqat o'zini himoya qilish usuli, balki avlodlarni ilhomlantirib, birlashtirib kelayotgan chuqur madaniy boylikka ham aylandi.

Malumot o'rnida: "O'zbek jang sanati" milliy sport turi - ota-bobolarimizdan qolgan buyuk meros bo'lib, u Temuriylar jang sanatining zamonaviy ko'rinishi hisoblanadi. Bu yangi yakka kurash zamirida “Temuriylar jang usuli”, “qo'l sanati”, “kurash”, “etti tirsak” kabi usullarning eng sara, mukammal harakatlari mujassamlangan. 2009 yildan "O'zbek jang sanati" milliy sport turlari qatoriga kiritildi. 2025-2026-o'quv yilidan boshlab esa O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "O'zbek jang sanati" bo'yicha o'quv yo'nalishi ochildi.

Mazkur darslik ushbu yo'nalishda talim olayotgan talabalarga "O'zbek jang sanati" asoslarini o'rgatishda asosiy o'quv qo'llanma bo'lishi bilan ham ahamiyatli bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing