09 apr 08:18
Yangiliklar

O'zbek kursanti MMA kamarini qo'lga kiritdi
Mazkur nufuzli turnirda 84 kilogramm vazn toifasida O'zbekiston shanini Qurolli Kuchlar akademiyasining 4-bosqich kursanti Bekzod Nurmatov hamda Abdulaziz Utamurodov himoya qildi.
Musobaqaning yarim final bellashuvida Abdulaziz Utamurodov qirg'izistonlik raqibi Qodir Kurstan o'g'lini texnik nokaut bilan mag'lubiyatga uchratdi. Bekzod Nurmatov esa yana bir Qirg'iziston vakili Jakip Tuganbaev bilan kechgan og'ir bahsning ikkinchi raundida og'rituvchi usulni mohirlik bilan qo'llagan holda raqibidan ustun keldi.
Finalda ikki hamyurtimiz o'zaro kuch sinashishi kerak edi. Ammo, A.Utamurodov birinchi jangda oyoq qismidan olgan tan jarohati va murabbiylarning qarshiligi sabab jangni o'tkazmadi, g'alaba esa B.Nurmatov nomiga yozildi.
SHu tariqa, Bekzod Nurmatov professional faoliyatidagi navbatdagi musobaqada – aralash kurashlarning MMA yo'nalishi bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi “Batir bashi” IV etno turnirining kamarini O'zbekistonga olib keldi.
Fikrlar