18 iyu 08:35
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek MMAchisi Anvar Boynazarov Xitoyda 50 000 dollarlik turnirdagi jangida g'alaba qozondi
Kecha -65 kg vazn toifasida aralash qoidalar jangida ishtirok etadigan sportchimiz Anvar Boynazarov tailandlik Manasga qarshi jang qildi.
Hakamlar jangdan so'ng bir ovozdan sportchimizning g'alabasini qayd etdilar.
SHu tariqa, Anvar "EM-Legend" turnirining yarim finaliga yo'l oldi.
Malumot uchun, Boynazarov o'tgan mavsumda ham ushbu turnirning finaligacha etib borgan. Faqat, viza bilan bog'liq muammolar payd bo'lgani sabab, hal qiluvchi jangda ishtirok eta olmagandi. Sportchimiz o'sha final jangida aynan Manasga qarshi jang qilishi lozim edi. Mana, bugunga kelib u tailandlik raqibi bilan jang qildi va g'alaba qozona oldi.
Uning yarim finaldagi raqibi haqida keyinroq malumot beramiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar