So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

29 dek 15:57
Yangiliklar

Kurash

O'zbek polvoni musobaqasi yakunlandi yoxud davlat idoralari xodimlari gilamga chiqqanda

Teglar :  KurashO'zbekiston
Kurash... Bu iboraning qadrini o'zbekman degan har bir kishi ich-ichidan anglamog'i zarur.

Quvonarlisi, bu so'z xalqaro arenalarda o'zbekning ori, g'ururi, milliy brendi bo'lib namoyon bo'lmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi «Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ–4881-sonli qarori bu so'zlarni isboti bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Qaror ijrosini taminlash maqsadida bugun Toshkent Moliya institutiga qarashli sport majmuasida respublikamizning barcha viloyatlaridagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan 150 nafarga yaqin polvonlar jam bo'lishdi.

Mamlakatimizda ilk bor o'tkazilayotgan «O'zbek polvoni» musobaqasi gilamida erkaklar –73kg, -81kg, -90kg, -100 kg vazn toifasida, ayollar esa 3 ta vaznda –57kg, -63kg, +63kg toifalarida kurash tushishdi.

Musobaqani o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad - davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o'rtasida kurashni yanada ommalashtirish, bu orqali xodimlarning jismoniy rivojlanishini takomillashtirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportga, milliy sportimiz kurashga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, kurashni umumxalq sporti sifatida keng targ'ib etishdan iborat.

Bugun saralash bahslardan so'ng turnirning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori, O'zbekiston kurash federaciyasi raisi Nig'matilla Yo'ldoshev, Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari Avazjon Karimov, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabduraxmonov va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida so'zga chiqqan mutasaddilar bugungi sport bayrami «O'zbek polvoni» musobaqasida ishtirok etayotgan barchani tabriklashdi.

SHundan so'ng sanatkorlar tomonidan kuylangan qo'shiqlar barcha yig'ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

Quyida musobaqa g'olib va sovrindorlari bilan tanishishingiz mumkin:

Erkaklar

73 kg

1-o'rin. Farrux Adizov – Buxoro viloyati hokimligi

2-o'rin. Adxam Ravshanov – Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

3-o'rin. Abduxamid Norqulov – Dexqonobod KZ. AJ

3-o'rin. Botir Azamov – «O'zmetkombinat» AJ

81 kg

1-o'rin. Aziz Boboqulov – Bosh prokuratura

2-o'rin. Maxtumquli Maxmudov – Milliy olimpiya qo'mitasi

3-o'rin. BaxtiyoXakimov r – «Veterinariya» DQ

3-o'rin. Rifat SHaropov - Buxoro viloyati hokimligi

90 kg

1-o'rin. Malik Juraev - Buxoro viloyati hokimligi

2-o'rin. Bexzod Satipov - Urganch Davlat universiteti

3-o'rin. SHoxjaxon Xo'jamurodov – Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

3-o'rin. Baxodir Xushvaqtov – «O'zagrokimyoximoya» AJ

100 kg

1-o'rin. Erkin Daniyarov – Buxoro viloyati hokimligi

2-o'rin. Sarvar Dusmatov – «O'zmetkombinat» AJ

3-o'rin. Uchqun Mamatraimov - Bosh prokuratura

3-o'rin. Nodir Merxalikov – «O'zmetkombinat» AJ

Ayollar

57 kg

1-o'rin. Bibiroza Kallibekova – Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

2-o'rin. Ozoda Nurmatova – Buxoro viloyati hokimligi

3-o'rin. Kamila Saparboeva – Bosh prokuratura

3-o'rin. Zulayxo Asadova – Bosh prokuratura

63 kg

1-o'rin. SHaxlo Saurova – «O'zmetkombinat» AJ

2-o'rin. Gulxayo Mustafoeva – «O'zmetkombinat» AJ

3-o'rin. Abira Naimova - Buxoro viloyati hokimligi

3-o'rin. Oltinoy Juginisova - Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

+63 kg

1-o'rin. Suluxan Primbetova - Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

2-o'rin. Sevaraxon Dexqonova– Milliy olimpiya qo'mitasi

3-o'rin. Dilfuza SHamsieva - Navoiy KMK

3-o'rin. Dilnoza Ochilova - Buxoro viloyati hokimligi.

«O'zbek polvoni» musobaqasining g'olib va sovrindorlari diplom, medal va qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiritgan bo'lsa, umumjamoa hisobida 1-o'rinni qo'lga kiritgan Buxoro viloyati jamoasi musobaqa ramzi tushirilgan kubok bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing