So’nggi yangiliklar

09:17Кайо Борральонинг навбатдаги жанги ҳақида маълумот берилди 0 08:56Бо Никал Йоэл Ромеродан чемпионлик камарини ҳимоя қиладими? 0 08:35Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берди? 0 08:14Пэдди Пимблетт - Жастин Гэтжи жанги учун захира варианти айтилди 0 07:53Илҳом Назимовнинг RIZIN промоушенидаги навбатдаги жанги тасдиқланди 0 07:32UFC ярим ўрта вазн рейтингида бу йил умуман жанг ўтказмаган Раҳмонов кўтарилди 0 07:11Испания Кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлуб этди 0 19:0046 ёшли Пакьяо 2026 йилдаги режасини очиқлади 0 18:38Фёдор Емельяненко Нганну - Немков эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 18:15"Менга Чимаев эмас, UFC камари керак" - Нассурдин Имавов 0 17:40Шомуродов рамзий жамоадан жой олди 0 17:17Илия Топурия Пэдди Пимблеттга бўлган муносабати ҳақида гапирди 0 16:41"Шундагина унинг имконияти бўлади". Жастин Гэтжи Пэдди Пимблетт уни қандай мағлуб этиши мумкинлигини айтди 0 16:20Алекс Перейра Оқ уйдаги UFC турнирида қатнашиш нияти йўқлигига шаъма қилди 0 15:59Ўтиш ўйини. "Бухоро" "Арал"ни мағлуб этди ва Суперлигада қолди 0

13 mar 09:39
Yangiliklar

Og'ir atletika

O'zbek qizi og'ir atletika bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi

Las-Vegas shahrida davom etayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kuni ham terma jamoamiz uchun yanada omadli yakun topdi.

Qizlar o'rtasida -64 kilogramm vazn toifasida supachaga chiqqan Kumushxon Fayzullaeva musobaqada oltin medalni qo'lga kiritibgina qolmasdan, o'smirlar o'rtasida jahon rekordlarini ham o'rnatdi. Vakilamiz dast ko'tarish mashqida 93 kg, siltab ko'tarish mashqida esa 122 kg natija qayd etdi. Ikki kurashda 215 kilogramm jamg'ara olgan sportchimiz ushbu vazn toifasining siltab ko'tarish va ikki kurash yo'nalishlari bo'yicha o'smirlr o'rtasida jahon rekordlarini o'rnatishga muvaffaq bo'ldi.

O'smirlar o'rtasida JCH. Las-Vegas, AQSH
Qizlar, 64 kg
1. Kumushxon Fayzullaeva (O'zbekiston) – 225 kg (jahon rekordi)
2. Keysi Roxas (Meksika) – 195 kg
3. Mixaela Ilie (Ruminiya) – 190 kg

Kumushxon Fayzullaeva yozda poytaxtimiz mezbonlik qilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ham zafar quchib, o'zbekistonlik og'ir atletikachi qizlar orasida ilk bor chempionlikni qo'lga kiritgan sportchiga aylangan. SHuningdek, 2018 yil oktyabr oyida Argentinada o'tgan o'smirlar Olimpiadasida ham unga teng keladigani topilmagan edi.

Reyting:    

Fikrlar

   
13 mar 10:24:04
Dilshot Solihov
qoyil FANTASTIKA.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing