01 dek 15:17
Yangiliklar
O'zbekiston 2027 yilda yana bir Jahon chempionatini o'zida qabul qilishi mumkin
Undagi muhim masalaridan biri — tashkilot ijroiya qo'mitasi azoligiga nomzodlar saylanishi bo'ldi.
Quvonarlisi, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bosh kotibi Gulnora Saidova mazkur kongressda 104 ta ovoz to'plab, Xalqaro qilichbozlik federaciyasi ijroiya qo'mitasi azoligiga saylandi.
SHuningdek, Kongress doirasida o'tkazilgan matbuot anjumanida 2027 yilda qilichbozlik bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatini O'zbekistonda o'tkazish rejalashtirilayotganligi malum qilindi.
Avvalroq, Toshkentdagi kongress davomida asli o'zbekistonlik tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federaciyasi prezidenti etib saylangani haqida xabar bergandik. Usmonov 2008-2022 yillar davomida ham tashkilotga rahbarlik qilgan.
Fikrlar