So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

23 jan 11:20
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston - Avstraliya. O'zaro o'yinlar tarixi: 0:6, penaltilar seriyasi va boshqa o'yinlar

Osiyo kubogi 3-turida O'zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi.

Biz esa O'zbekiston va Avstraliya terma jamoalarining o'zaro o'yinlarini yodga olamiz


O'zbekiston terma jamoasi Avstraliya bilan to'rt marotaba to'qnash kelgan. Avstraliyaga qarshi dastlabki uchrashuvimiz 2008 yilda bo'lib o'tgan. JCH-2010 saralashi uchinchi bosqichida "Sokkeruz" bilan bir guruhdan joy olgandik. Birinchi davradagi bahs "Paxtakor" stadionida o'tkazilgan va o'sha uchrashuvda terma jamoamiz 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan.

JCH-2010 saralashi 3-bosqich, 2-tur

10.09.2008

Stadion: "Paxtakor"(Toshkent), 34000 muxlis

Hakam: Al-Faldi Saad (Qatar)

O'zbekiston 0:1 Avstraliya

Gollar: 

0:1 - Skott CHipperfeld, 26

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Asror Aliqulov, Ilhom Suyunov, Vagiz Galiulin(Timur Kapadze 43), Islom Inomov, Server Djeparov, Odil Ahmedov, Jasur Hasanov, Maksim SHackix, Ulugbek Bakaev(Zayniddin Tojiev 69)


JCH-2010 saralashi 3-bosqich javob uchrashuvida ham terma jamoamiz Avstraliyaliklarga imkoniyatni boy berishgan. Sidney shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvda "oq bo'ri"lar 0:2 hisobida mag'lub bo'lishgan.

JCH-2010 saralashi 3-bosqich, 6-tur

01.04.2009

Stadion: "Avstraliya"(Sidney), 57292 muxlis

Hakam: Al-Badvadi Ali Hamad (BAA)

Avstraliya 2:0 O'zbekiston

Gollar:

1:0 - KENNEDI Djoshua, 66

2:0 - Garri Kyuell (penalti), 73

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Sahob Jo'raev, Anzur Ismoilov, Hayrulla Karimov(Islom To'xtaxo'jaev 85), Anvar G'ofurov, Odil Ahmedov, Timur Kapadze, Aziz Ibragimov(Aziz Haydarov 65), Server Djeparov, Farhod Tojiev(Anvar Soliev 58), Jasur Hasanov

"Sokkeruz"ga qarshi O'zbekiston terma jamoasining uchinchi bahsini ko'pchilik eslaydi. Osiyo kubogi-2011da tarixdagi eng yaxshi natijamizni qayd etganmiz va yarim finalga qadar etib borganmiz. Qatar maydonlarida bo'lib o'tgan Osiyo kubogining yarim final bosqichida aynan Avstraliya terma jamoasiga qarshi o'ynaganmiz. Vakillarimiz yirik 0:6 hisobida mag'lubiyatga uchrashganini ko'pgina muxlislarning yodida.

Osiyo kubogi-2011 Yarim final

25.01.2011

Stadion: "Halifa"(Doha), 24826 muxlis

Hakam: Al-Badvadi Ali Hamad (BAA)

O'zbekiston 0:6 Avstraliya

Gollar:

0:1 - Garri Kyuell, 5

0:2 - Sasha Ognenovski, 35

0:3 - Devid Karney, 65

0:4 - Vrett Emerton, 74

0:5 - Karl Valeri, 82

0:6 - Robbi Krus, 83

O'zbekiston: Timur Jo'raev, Sahob Jo'raev, Anzur Ismoilov, Odil Ahmedov, Viktor Karpenko(Aziz Ibragimov 71), Jasur Hasanov(Marat Bikmaev 55), Server Djeparov, Aziz Haydarov, Timur Kapadze, Maksim SHackix( Sanjar Tursunov 60), Ulugbek Bakaev

Avstraliya terma jamoasiga qarshi so'ngi uchrashuvni 2019 yil Osiyo kubogida o'tkazgan edik. Terma jamoamiz nimchorak final bosqichidayoq Avstraliya bilan kuch sinashadi. Asosiy vaqt va ekstra taymlarda hisob ochilmaganidan so'ng, jamoalar penaltilar seriyasiga o'tishadi. To'xtaxo'jaev va Bikmaevning zarbalarini ishg'ol etgan Metyu Rayan "Sokkeruz"ni keyingi bosqichga olib chiqadi. Biz uchun esa ushbu musobaqa nimchorak final bosqichida yakunlangandi.

Osiyo kubogi-2019 Nimchorak final

21.01.2019

Stadion: "SHayh Halifa" (Al-Ayn), 6809 muxlis

Hakam: Al-Jassim Abdulrahmon (Qatar)

Avstraliya 0:0 O'zbekiston (penaltilar seriyasi 4:2)

Penaltilar seriyasi:

1:0 - Mark Milligan

1:1 - Otabek SHukurov

1:1 - Aziz Bexich (darvozabon)

1:1 - Islom To'xtaxo'jaev (darvozabon)

2:1 - Kruss Robbi 

2:2 - Ikrom Aliboev

3:2 - Yannou Apostolus

3:2 - Marat Bikmaev(darvozabon)

4:2 - Leki Metyu

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Oleg Zoteev(Farruh Sayfiev 105), Davron Hoshimov, Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Otabek SHUKUROV, Javohir Siddiqov(ALIBOEV Ikrom 73), Dostonbek Hamdamov(Turg'unboev Aziz 107), Eldor SHomurodov( Bikmaev Marat 104)

Zaxira: O'tkir Yusupov, Fozil Musaev, Doston Tursunov, Egor Krimec, Odil Hamrobekov, Sardor Rashidov, Akmal SHorahmedov, Quvvatov Sanjar.


Abdulbosit Bektemirov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing