So’nggi yangiliklar

19:03Жаҳон кубоги. Жавоҳир Умматалиев қозоғистонлик рақибини мусобақадан чиқариб юбориб, кейинги босқичга йўл олди 0 18:16Шавкат Мирзиёев эртанги ўйинни уйда, оила даврасида, набиралари билан томоша қилади 0 17:39Пара енгил атлетикачиларимиз Тунис Гран-присидаги иштирокини бошлашди 0 16:58"Уни муаммосиз мағлуб этаман". Макгрегор — Гэтжи билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 16:21"Илия бу жангда ғалаба қозониш учун ўлишга ҳам тайёр эди" - Топуриянинг акаси 0 15:56Конго ДР бош мураббийи ЖЧ-2026 гуруҳ босқичида неча очко тўплаш мақсади борлигини айтди 0 15:22Султонов Венгрия турниридаги юришини бошлади 0 14:47Теренс Кроуфорд Конор Макгрегорга кескин жавоб қайтарди 0 14:09Мейвезерни қимматбаҳо соатларни ўғирлашда айблашмоқда. Жазо 20 йилгача қамоқ бўлиши мумкин! 0 13:30Колумбия терма жамоаси бош мураббийи: "Кўпчилик Ўзбекистонни осон рақиб деб ўйлаши мумкин, аммо бу катта хато" 0 12:55Конор Макгрегор Ислам Махачев билан жанг қилишга тайёр эканлигини айтди 0 12:09Жаҳон кубоги. Абдумалик ғалаба билан бошлади, Тўрабек қозоғистонлик рақибдан устун келди 0 10:19Ислам Махачев ЖЧ-2026`да қайси терма жамоага мухлислик қилиши маълум 0 09:50Элдор Шомуродов матбуот анжуманида нималар деди? 0 09:08WBO Дэвин Хейнига мажбурий ҳимоя жангини ўтказишни буюрди 0

13 apr 00:49
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston boks federaciyasi Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani tashkil etdi

Yaxshi bilasiz, 18-26 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada erkaklar o'rtasidagi bahslarda 10 nafar, ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda esa 9 nafar bokschimiz sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi. 


Bugun, 12 aprel kuni ana shu qita birinchiligi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, terma jamoamiz murabbiylari, bokschilarimiz va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. 

Tadbirni Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Kasimov Oybek Omilovich ochib berdi. 

"Sizlarni ushbu matbuot anjumanida ko'rib turganimizdan xursanmiz. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi nomidan ushbu anjumanda ishtirok etayotganimdan xursandman. Barchamizga malumki, O'zbekiston boks federaciyasi yaqin-yaqindan yangicha yo'nalishda faoliyatini boshladi. Aminmanki, O'zbekiston bokschilari o'zbek sportining asosiy bo'laklaridan biri hisoblanadi va shu paytgacha erishilgan yuksak natijalarning aksariyati O'zbekiston boks federaciyasi, hususan siz bokschilar tomonidan qayd etilgan natijalardir. SHu munosabat bilan, bizni kutib turgan nufuzli musobaqada bokschilarimizga zafarlar tilab qolamiz. O'ylaymanki, siz tomonidan yuqori qo'yilgan maqsadlar amalga oshadi", - dedi Oybek Kasimov. 


SHundan so'ng O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov so'zga chiqdi. 

"Ushbu matbuot anjumaniga tashrif buyurganingiz uchun rahmat. Ayniqsa, tashkil etilayotgan tadbirimizni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borayotgan jurnalistlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Bundan bir necha kun oldin tashkil etilgan "Men boksni tanlayman" shiori ostida o'tkazilgan tadbirimiz Respublika miqyosida tashkil etildi. Bu bizning "boks derjavasi" ekanligimizdan darak berib turibdi", - dedi Saken Polatov.


Boks bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov ham qita birinchiligiga ko'rilgan tayyorgarlik haqida gapirib o'tdi. 

"Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'ngildagidek kechdi. Bungacha Bolgariya va Ozarbayjonda o'tkazilgan ikkita xalqaro turnirda ishtirok etib, bokschilarimizning imkoniyatlarini yana bir marotaba sinovdan o'tkazib oldik. 

Terma jamoa musobaqaga tayyor. Uchta o'quv-mashg'ulot yig'ini olib bordik. Birinchi bosqichda jismoniy holatni yaxshilash bo'yicha ish olib borilgan bo'lsa, ikkinchi bosqichda texnik-taktik yo'nalishda ish olib bordik. So'nggi bir hafta ichida esa juftliklar bo'yicha ishladik, sparring janglar tashkil etdik. Endi so'nggi tayyorgarlik Bangkokda bo'ladi. Nasib qilsa, 19 aprel kuni janglarga start beriladi", - dedi Marat Qurbonov.


Ayollar terma jamoasi katta murabbiyi Lochin Qo'chqorov ham musobaqa oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Xabaringiz bor, terma jamoamiz yosh. SHunga qaramay, 2017 yilda Vetnamda o'tkazilgan Osiyo chempionatida ilk marotaba oltin va ikkita bronza medaliga sazovor bo'ldik. Bir necha oy oldin Qozog'istonda o'tkazilgan xalqaro musobaqada ishtirok etdik va qizlarimiz o'sha erda o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. U erda Ukraina, Qozog'iston vakillari bilan janglar o'tkazdik. Sportchilarimizda ishtiyoq katta. Musobaqaga O'zbekiston boks federaciyasi bazasida, shuningdek "Yangiobod" o'quv bazasida mashg'ulotlar olib bordik. Bangkokdagi Osiyo chempionatida kamida ikki yil oldingi natijani takrorlamoqchimiz", - dedi Lochin Qo'chqorov. 


SHuningdek, O'zbekiston boks federaciyasi raisining maslahatchisi Malik Babaev ham musobaqaga tayyorgarlik jarayoni, tashkiliy masalalar haqida malumotlar berib o'tdi.

"O'tgan yilning noyabr oyida AIBA Kongressi bo'lib o'tdi. O'sha yig'ilishda 7 nafar hamyurtimiz tashkilot komissiyasi azoligidan joy oldi. So'nggi yillarda qo'yilgan xalqaro hamkorlik aloqalari o'z samarasini bermoqda. Oldinda saralash musobaqalari kutib turibdi. Bizning mamlakatimiz ham nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilish istagini bildirgan. SHunisi aniqki, boks Olimpiya o'yinlari dasturida bo'ladi. Yaqinlashib kelayotgan Osiyo chempionati biz muhim musobaqalarga, jumladan Olimpiadaga qay tarzda tayyorgarlik olib borayotganimizni ko'rsatib beradi", - dedi Malik Babaev. 

SHundan so'ng Osiyo chempionatida ishtirok etadigan sportchi va murabbiylar tarkibi tanishtirildi. 

Unga ko'ra, qita birinchiligida terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar:   

                                     

- 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov           

- 52 kg: Hasanboy Do'smatov                 

- 56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov       

- 60 kg: SHukurjon Rahimov                

- 64 kg: SHunqor Abdurasulov           

- 69 kg: Bobo-Usmon Boturov             

- 75 kg: Isroil Madrimov                     

- 81 kg: Dilshodbek Ro'zmatov                

- 91 kg: Sanjar Tursunov                      

+ 91 kg: Bahodir Jalolov


Bosh murabbiy: Marat Qurbanov.

        


Ayollar:

- 48 kg: Fotima Tursunboeva

- 51 kg: Farangiz Hoshimova

- 57 kg: Yodgoroy Mirzaeva 

- 60 kg: Rayxona Qodirova

- 64 kg: Maftuna Melieva 

- 69 kg: SHahnoza Yunusova

- 75 kg: Mavluda Mavlonova 

- 81 kg: Ezoza Melieva 

Murabbiy:  Lochin Qo'chqorov


SHundan so'ng ommaviy axborot vositalari xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. 


O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

   
13 apr 08:33:28
Jalol Axmedov
Qozoq saytida har bir bokschimiz haqida malumot ob ozlari bilan solishtirishyapti rosa avjida chiqyapti maqolalar zor ishlashyapti lekin Konor Habib haqida maqolalar yoq chunki ularga qiziqmas bu. Osiyo chempionatini intizorlik bilan kutamiz har bir jangdan song taxliliy maqolalar chiqadi ulardan organish kerak bogan tomonlar ham bor ...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing