01 avg 19:44
Yangiliklar
Voleybol

O'zbekiston - Braziliya uchrashuvi g'olibi to'rt setda aniqlandi
Toshkent mezbonlik qilayotgan voleybol bo'yicha U19 yosh toifasidagi Jahon chempionatining pley-off uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Bugun 1/8 finalda Italiyaga imkoniyatni boy bergan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 9-16 o'rinlar uchun kechgan bahsda Braziliyaga qarshi bahs olib bordi. Braziliyalik voleybolchilar 1/8 finalda Franciyaga yutqazishgan edi.
Biroz avval yakuniga etgan O'zbekiston - Braziliya uchrashuvida okean orti vakillari 3:1 (25:13, 23:25, 25:15, 25:18) hisobida zafar quchishdi. Bu terma jamoamizning ketma-ket qabul qilib olgan to'rtinchi mag'lubiyati bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar