26 okt 14:11
Yangiliklar
O'zbekiston delegaciyasi Islom birdamlik o'yinlarida qancha sportchi bilan ishtirok etishi malum
Musobaqada O'zbekiston delegaciyasi jami 194 nafar sportchi bilan ishtirok etishi malum bo'ldi. Bu haqda musobaqa rasmiy sayti xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Konya-2021 Islom birdamlik o'yinlarida 250 nafardan ziyod sportchi bilan qatnashib, umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallagandi.
O'zbekiston sport delegaciyasidagi eng ko'p ishtirokchimiz engil atletikada, aksincha eng kami duatlon va jiu-jitsuda ekan. Ilk bor tuya poygasida ham qatnashar ekanmiz. Katta ehtimol bilan tuya poygasida ot sporti turi vakillarimiz, yani chavandozlarimiz startga chiqsa kerak.
Delegaciyamiz azolarining Ar-Riyod-2025 o'yinlarida sport turlari bo'yicha taqsimoti:
Engil atletika - 37 nafar sportchi
Boks - 8 nafar
Tuya poygasi - 4 nafar
Duatlon - 2 nafar
Ot sporti - 4 nafar
Qilichbozlik - 15 nafar
Futzal - 14 nafar
Gandbol - 16 nafar
Jiu-jitsu - 2 nafar
Dzyudo - 12 nafar
Karate - 6 nafar
Muay-tay - 6 nafar
Para engil atletika - 4 nafar
Para pauerlifting - 3 nafar
Suzish - 16 nafar
Taekvondo WT - 12 nafar
Og'ir atletika - 15 nafar
Sport kurashlari - 18 nafar.

Fikrlar