26 sen 17:15
Yangiliklar
O'zbekiston delegaciyasi rasmiylari XOQ Prezidenti bilan uchrashishdi
Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov hamda World Aquatics Ijroiya qo'mitasi byurosi azosi, O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari SHahnoza Mirziyoeva Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o'yinlari doirasida Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Prezidenti Kirsti Koventri hamda qator nufuzli xalqaro sport tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi.
Samimiy muloqotlarda xalqaro sport hamjamiyati doirasida o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, Olimpiya harakatini qo'llab-quvvatlash, sportchilar uchun munosib sharoitlar yaratish hamda yirik xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.




Fikrlar