So’nggi yangiliklar

09:16Озарбайжон сафида фаолият олиб бораётган Саиджамшид Жафаров Европа чемпионига айланди! 0 07:48Ўзбекистонлик спортчиларнинг Осиё ўйинларидаги иштирокидан ОНЛАЙН 0 20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0

09 okt 16:38
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston futbol associaciyasi va Qozog'iston futbol federaciyasi rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Bugun O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va Qozog'iston futbol federaciyasi prezidenti Marat Omarov o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.

"Unda ikki mamlakat futbol tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda mintaqaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan mamlakatimiz futbol tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi infratuzilma loyihalari, futbol talimi va akademiyalar tarmog'ining rivoji, shuningdek, murabbiylar va tibbiyot xodimlari malakasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida malumot berildi. SHuningdek, hamda davlat rahbari tashabbusi bilan Turkiy davlatlar o'rtasida turnir o'tkazish masalasi muhokama qilinayotgani hamda Milliy futbol markazi foydalanishga topshirilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.


O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov so'nggi yillarda futbol boshqaruvida tizimli yondashuv kuchaygani, futbolda shaffoflikni taminlash maqsadida Hakamlar akademiyasi faoliyati yo'lga qo'yilgani, yosh hakamlar uchun o'quv dasturlar tashkil etilgani hamda Milliy futbol markazida markazlashgan VAR tizimi faoliyati yo'lga qo'yilgani takidladi.

SHuningdek, mamlakatimizda 14 ta hududiy futbol akademiyasi faoliyat yuritayotgani, ularning barchasi yagona metodologiya asosida ishlayotgani va futbol sohasida to'liq raqamlashtirish tizimi joriy etilgani qayd etildi. Yangi futbol infratuzilmalari, “FIFA Central Asian Cup” – FIFA Markaziy Osiyo kubogi turnirini tashkil etish tashabbusi ham muhokama etildi.

Qozog'iston tomoni esa mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, futbol infratuzilmasini modernizaciya qilish va xususiy klub tizimini kengaytirish borasida malumot berdi. Jumladan, to'rtta klub xususiylashtirilgani, Germaniyadan tibbiyot markazlari uchun mutaxassislar jalb qilinayotgani, FIFA va QFF tomonidan butun mamlakat bo'ylab yangi futbol maydonlari, jumladan “arena futbol” inshootlari qurilishi boshlanganini malum qildi.

SHuningdek, yaqin istiqbolda “Atletiko” akademiyasining ochilishi rejalashtirilgani, homiylik tizimini kengaytirish va yosh futbolchilarni tayyorlash bo'yicha ishlar izchil davom etayotgani aytib o'tildi.

Tomonlar UEFA va FIFA bilan yo'lga qo'yilgan hamkorlikning samarali davom etayotganini qayd etib, o'zaro o'rtoqlik o'yinlarini ko'paytirish, mutaxassislar tayyorlash va yangi qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat futbol associaciyalari o'rtasidagi do'stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishildi", – deyiladi O'FA xabarida.

O'zbekiston va Qozog'iston yoshlar hamda o'smirlar jamoalari, shuningdek, ikki mamlakat futbol terma jamoalari o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi malum bo'lgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing