So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

15 jan 13:47
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo Kubogidan oldingi oxirgi yig'inini boshladi

Teglar :  Futzal
O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun Osiyo Kubogi-2026 musobaqasiga so'nggi tayyorgarlik jarayoni boshlandi.

Bugundan etiboran milliy terma jamoa O'zbekiston futbol associaciyasi Terma jamoalar markazi sport zalida o'quv-yig'inga kirishdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboev mazkur yig'in uchun 20 nafar futzalchini jalb etdi. Yig'in davomida Kuvayt milliy terma jamoasiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan. Tomonlarning o'zaro kelishuviga muvofiq, ushbu o'yinlar yopiq tarzda o'tkaziladi.

Nazorat uchrashuvlaridan so'ng Osiyo Kubogiga jo'nab ketadigan milliy terma jamoaning 14 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibi elon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi qita chempionatining tartib raqami bo'yicha 18-si hisoblanadi. Faqatgina to'rtta jamoa — Eron, O'zbekiston, Yaponiya va Tailand terma jamoalari Osiyo Kubogining barcha musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda.

Bu galgi Osiyo Kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasi final bosqichini "C" guruhida boshlaydi. Raqiblar — Yaponiya, Avstraliya va Tojikiston.

Musobaqa o'yinlari 27 yanvardan 7 fevralga qadar bo'lib o'tadi.

"C" guruhi o'yinlari taqvimi

•  28 yanvar, chorshanba | 17:00

O'zbekiston — Tojikiston

•  30 yanvar, juma | 13:00

Avstraliya — O'zbekiston

•  1 fevral, yakshanba | 13:00

Yaponiya — O'zbekiston

O'zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi

Darvozabonlar:

•  SHavkat Ibragimov (“Oil Star”)

•  Abbos Elmurodov (BMB)

•  Abbos O'lmasbekov (“BMB”)

Himoyachilar:

•  Ilhomjon Hamroev (“Oil Star”)

•  Mashrab Odilov (“BMB”)

•  SHahzod Sadiev (“BMB”)

•  Sunnatilla Jo'raev (“Nasaf”)

•  Anasxon Rahmatov (“Nasaf”)

Qanot o'yinchilari:

•  Muhammadali Husanboev (“BMB”)

•  SHaxram Faxriddinov (OKMK)

•  Xayrulla Solixov (OKMK)

•  Samariddin Berkinov (“Oil Star”)

•  Abror Axmedzyanov (SQB)

•  Akbar Usmonov (SQB)

•  Ixtiyor Ropiev (“Nasaf”)

•  Eldor Nigmatov (“Lokomotiv”)

•  Burhoniddin Sodiqov (“Lokomotiv”)

Hujumchilar:

•  Muzaffar Ahadjonov (“BMB”)

•  Davlat Ibragimov (“BMB”)

•  Elbek To'lqinov (“Oil Star”)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing