12 okt 15:51
Yangiliklar
Gimnastika
O'zbekiston gimnastlari Rotterdamdagi Jahon chempionatida qatnashadi
12-26 oktyabr kunlari Niderlandiyaning Rotterdam shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi sharafini besh nafar sportchi himoya qiladi.
Erkaklar terma jamoasi tarkibidan Ravshan Kamiljanov, Habibullo Ergashev va Rasuljon Abduraxmanov joy olgan.
Ayollar bahslarida esa Dildora Aripova hamda Aleksandra SHevchenko O'zbekiston nomidan ishtirok etadi.
Terma jamoaga Husniddin Abdusamatov va Elvira Rakova murabbiylik qiladi.





Havola :
Manba : t.me/UZBGymnastics
Fikrlar