26 may 19:04
Yangiliklar
Futbol
O'zbekiston Kubogi 1/8 finaliga qachon qura tashlanishi malum
27 may kuni O'zbekiston Kubogining guruh bosqichi uchrashuvlariga yakun yasaladi.
Unga ko'ra, 1/8 finalda ishtirok etadigan 16 ta klub nomiga oydinlik kiritiladi.
2 iyun kuni 19:00 da pley-off bosqichi uchun qura tashlanadi. Jarayon Liga sahifalari orqali jonli namoyish etiladi.
Malumot uchun, O'zbekiston Kubogi guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlagan klub 1/8 final bosqichini o'z maydonida qabul qiladi. Guruhda ikkinchi bo'lgan klub esa yagona o'yindan iborat pley-off bosqichini safarda o'tkazadi. Bir guruhda kurash olib borgan ikki klub 1/8 finalda o'zaro raqib bo'lmaydi.
Havola :
Manba : pfl.uz
Fikrlar