So’nggi yangiliklar

12:44Фабрицио Романо Карим Бенземанинг келажаги ҳақида инсайд эълон қилди 0 12:08Жокович 20 йилда илк бор "Катта Дубулға" турнири стартидаёқ мағлуб бўлди 0 11:42Жастин Гэтжи: "Иккала қўлим ҳам Топурия билан бўлган жангдан кейин ҳалиям оғрияпти" 0 11:15Муҳаммад Мокаев ACBJJ Лигаси камари учун жанг қилди 0 10:43Бруну Фернандеш Роналдуга етиб олди 0 10:16Конор қўлқопсиз жангларга (bare-knuckle) ўтишни режалаштиряпти 0 09:47Lausanne Grand Slam 2026. Терма жамоамиз 5 та медаль билан 77 давлат орасида нечанчи бўлди? ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:24Мозес Итаума нокаутли мағлубиятига илк бор изоҳ берди 0 08:59"Башакшеҳир" ўйиннинг сўнгги дақиқаларида ғалабани қўлдан чиқарди, Шомуродов яна гол урди 0 08:28Забит Магомедшарипов етти йиллик танаффусдан сўнг илк ғалабасини қўлга киритди 0 08:01US Open 2026. Камилла Раҳимова илк даврада дунёнинг 29-ракеткасини таслим этди 0 20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0

21 jan 12:57
Yangiliklar

Kurash

O'zbekiston kurash bo'yicha ikkita Osiyo Kubogiga mezbonlik qiladi

Teglar :  Osiyo Kubogi
Xalqaro Kurash associaciyasining 2026 yilga mo'ljallangan rasmiy musobaqalar taqvim rejasiga muvofiq, mamlakatimiz joriy yilda ikki marotaba Osiyo Kubogi musobaqasini qabul qiladi.

2018 yildan buyon ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir endilikda yoshlar o'rtasida Osiyo Kubogi maqomida tashkil etiladi. Mazkur nufuzli musobaqaga Xorazm viloyatining Urganch shahri mezbonlik qiladi. 17–20 aprel kunlari bo'lib o'tadigan bahslarda Osiyo qitasidagi Kurash federaciyalarining yosh iqtidorli sportchilari g'alaba uchun kurash olib boradilar. Musobaqa g'oliblari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini sifatida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Malumot o'rnida takidlash joizki, Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir avvalgi yillarda bir necha bor O'zbekistonning Xorazm viloyatida, shuningdek, Eron Islom Respublikasining Esfaraen shahrida ham o'tkazilgan.

SHuningdek, 2026 yilda yana bir Osiyo ochiq Kubogi musobaqasi Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida tashkil etiladi. O'zbekiston Kurash federaciyasining malum qilishicha, kattalar o'rtasidagi mazkur musobaqa 22–25 may kunlari bo'lib o'tadi. Unda  erkaklar va ayollar o'rtasida 16 ta vazn toifalarida yakkalik va jamoaviy bahslarda tashkil etiladi.

Kattalar o'rtasidagi Osiyo ochiq Kubogi IKA Reyting tizimiga ham kiritilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing