So’nggi yangiliklar

19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0 14:44Осиё ўйинларида иккинчи бўлган таэквондо терма жамоамиз Париж Гран-присида қатнашади 0 14:13Лионель Месси афсонавий клубнинг фахрий аъзосига айланди 0 13:42"Бу сафар ақл билан ҳаракат қиламан". Двалишвили — Пётр Янга қарши бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 13:11"Ислам фаолиятидаги энг осон жанг бўлади". Собиқ чемпион Махачевнинг эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 12:40Хайме Мунгия жамоаси мажбурий даъвогар Бектемир Мелиқўзиевга пул таклиф қиляпти 0

07 noy 08:19
Yangiliklar

Tennis

O'zbekiston Litva va Rossiyadan ikki nafar tennischini mahalliylashtirdi

Bu haqda O'zbekiston tennis federaciyasi xabar berdi.

"Ikki iqtidorli sportchi Layma Vladson va Aleksandra Barmicheva O'zbekiston fuqaroligini oldi va endi xalqaro arenada mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

Layma Vladson — O'zbekiston professional tennisi yangi yuzi

18 yoshli tennischi Layma Vladson, ilgari Litva nomidan ishtirok etgan, ITF talqiniga ko'ra, dunyoning eng kuchli 10 nafar yosh qizlari qatoriga kiradi va WTA jahon reytingida 887-o'rinda turadi. U yoshligidan yuksak natijalar ko'rsatib, Evropaning eng istiqbolli sportchilari safida tilga olinadi. SHuningdek, u 2025 yil 9–15 iyun kunlari bo'lib o'tgan W15 Tashkent professional turnirida yakkalikda g'olib bo'lgan.

Vladsonning asosiy yutuqlari:

 • 7 ta ITF Juniors unvoni, jumladan J300 Porto Alegre (Braziliya), J300 Asuncio'n (Paragvay) — 2025 yil;

 • W15 Tashkent (O'zbekiston) — 2025 yil g'olibi;

 • J200 Bratislava (Slovakiya) — 2024 yil, J100 Trnava (Slovakiya), J3 Toshkent (O'zbekiston), J3 Ust-Kamenogorsk (Qozog'iston) va J5 Fujayra (BAA), W15 Tashkent (O'zbekiston) turnirlarida g'alabalar;

 • ITF Junior reytingi — #10 (2025 yil oktyabr).

Layma kuchli birinchi zarbasi, barqaror texnikasi va kortdagi irodali o'yini bilan tanilgan. Uning O'zbekiston bayrog'i ostiga o'tishi mamlakatimiz poziciyalarini jahon tennisida yanada mustahkamlaydigan strategik qadamdir.


Aleksandra Barmicheva — o'zbek tennisi­ning yosh va istiqbolli sportchisi

O'zbekiston fuqarolik olgan yana bir tennischi — 15 yoshli Aleksandra Barmicheva — ITF W15 Tashkent 2025 turnirining eng yosh ishtirokchisi bo'ldi. 2010 yil 25 iyulda tug'ilgan Aleksandra allaqachon xalqaro musobaqalarda ishonchli o'yin namoyish etib, yuqori salohiyatini ko'rsatmoqda.

Barmichevaning asosiy yutuqlari:

 • J100 Vancouver (Kanada) — 2025 yil yakkalik chempioni;

 • J100 CHo'lpon-Ota (Qirg'iziston) — juftlik chempioni Tatyana Golovina bilan.

2025 yilda Aleksandra kattalar turida debyut qildi va ITF W15 Tashkent'da ishtirok etib, o'z faoliyatida muhim qadam qo'ydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing