13 iyu 10:24
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston MTJning yana bir azosi faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin
Eronning “Sepaxon“ klubi maydon markazini kuchaytirish uchun pleymeker qidirmoqda.
Malumotlarga qaraganda, Eron klubiga “Neftchi“ yarim himoyachisi Jamshid Iskanderovning xizmatlari taklif qilingan. “Sepaxon“ o'tgan mavsum Eron chempionatida 2-o'rinni qo'lga kiritgan.
Jamshid Iskanderov esa yil boshida Farg'onaning “Neftchi“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. 31 yoshli futbolchi joriy mavsum 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.
Havola :
Fikrlar