19 may 22:19
Yangiliklar
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi U-17 Osiyo Kubogi 1/2 finalida alamli mag'lubiyatni qabul qildi
O'yinning 27-daqiqasida Asilbek Aliev penaltidan hisobni ochdi - 1:0. Uchrashuvning asosiy vaqtiga hakam tomonidan 5 daqiqa qo'shib berildi. Ettinchi daqiqada yaponiyalik futbolchilar muvozanatni tiklashdi - 1:1. Futbolchilarimiz ozgina chiday olishmadi. Penaltilar seriyasida futbolchilarimizdan chinakamiga omad yuz o'girdi.
SHu tariqa, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining Osiyo chempionatidagi ertagi 1/2 finalda yakunlandi. Endi o'smirlarimiz shu yil qishda Qatar yashil maydonlarida o'tkaziladigan Jahon chempionatida ishtirok etishadi.
U-17 Osiyo Kubogi. 1/2 final
Yaponiya – O'zbekiston 1:1 (0:1) pen-3:2
Jidda. “King Abdullah Sports City Hall Stadium”
Hakamlar: Harish Kundu (Hindiston), Arun Pillai (Hindiston), Pattarapong Kijsathit (Tailand), Vivat Jumpaun (Tailand)
Yaponiya: 1.Kosei Oshita, 3.Antoni Udemba, 8.Takeshi Vada, 9.Eito Takaki (11.Kakeru Saito, 74), 10.Maki Kitahara, 13.CHimezie Ezemuokve, 15.Ryoma Cuneyoshi (14.Tafuku Satomi, 46), 16.Kazato Kimura (18.Rekuto SHiraogava, 61), 17.Yoshiki Fujimoto ( 6.Sora Ivatsushi,46), 20.Yoshito Kumada, 21.Arata Okamoto ( 5.Sosuke Hoshi, 82)
O'zbekiston: 1.Olimjon SHomurotov, 4.Muhammad Hakimov, 6.Muhammad Mamatov ( 10.Mirkomil Murodov, 46), 7.Amirxon Erkinov, 8.Islom Ravshanov, 9.Asilbek Aliev ( 20.Laziz Abduraimov,70) 11.Suhrob Sadirjonov (14.Muhammadodilxon Orifxonov, 64), 13.Mirjamol Anvarov, 16.Adis Abdunabiev (2.Mashhur Abdisoliev, 64), 19.Ahror Ravshanbekov, 22.Abubakir Rahimov.

Fikrlar