06 may 15:08
Yangiliklar

O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoasi Jahon chempionatini 17 ta medal bilan yakunladi
Yaqin bir hafta davomida Peru poytaxti mezbonlik qilgan yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Ahamiyatlisi, mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etgan terma jamoamiz azolari yakunda 3 ta oltin, 8 ta kumush hamda 6 ta bronza, jami 17 ta medalga sazovor bo'lishdi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Mohinur Esonboeva - 2 ta oltin va 1 ta bronza;
Alisher Osmanov - 1 ta oltin va 2 ta kumush;
Marjona Abdumutalova - 2 ta kumush va 1 ta bronza;
Diyorbek Ro'zmetov - 1 ta kumush va 2 ta bronza;
Munisbek Davletov - 2 ta kumush;
Xikmatillo Xaydarov - 1 ta bronza;
Dilnura Xoldorova - 1 ta bronza;
Qudratbek Salimjonov - 1 ta bronza.
Bundan tashqari, erkaklar terma jamoamiz yoshlar o'rtasidagi bahslarda umumjamoa hisobida 4-o'rinni egallagani ham etiborga molik.
Fikrlar