02 iyu 18:17
Yangiliklar
"O'zbekiston osonlikcha taslim bo'lmaydigan jamoa ekan" - Kanada bosh murabbiyi
– O'yin haqidagi fikringiz…
– Menimcha, yaxshi o'yin bo'ldi. Biznikilar yaxshi harakat qilishdi. O'yindan keyin biroz gaplashib oldik, agar bazi kamchiliklarni to'g'rilay olsak, o'yinni yanada yaxshiroq nazorat qilishimiz mumkin bo'ladi. Lekin O'zbekiston osonlikcha taslim bo'lmaydigan jamoa ekan. Ular himoyada juda mustahkam harakat qilishadi, biz esa ikkita gol urdik, bundan ham ko'proq urishimiz mumkin edi. Qarshi hujumlarda juda xavfli vaziyatlar yaratdik deb o'ylayman. Ko'plab yigitlarning 100% formaga yaqinlashganini, sog'lom ko'rinayotganini va oldinga intilayotganini ko'rish quvonarli. SHunday ekan, men bundan mamnunman. Menimcha, bu biz uchun yaxshi o'yin bo'ldi va endi bundan kerakli xulosalar chiqarib, keyingi o'yinga yanada kuchliroq bo'lishimiz kerak.
– Ko'plab qoida buzilishlar va jarohatdan qaytayotgan o'yinchilar ishtirokidagi shunday qiyin sharoitlarda, murabbiy sifatida kuzatishda ruhiy holatingiz qanday edi? Biroz xavotirga tushdingizmi?
– Yo'q, men uchun maydon holati yaxshidek tuyuldi. Bilasizmi, maydonda sirpanib ketish va to'p uchun kurashga kirishish mumkin edi, lekin maydon yaxshi holatda edi deb o'ylayman, bazida bunday o'yinlarda intensivlik biroz etishmaydi, chunki o'yinchilar jarohat olishdan qo'rqishadi. Biz esa jarohatlar bilan bog'liq barcha vaziyatlarga qaramay, diqqatni jamlashimiz kerakligini takidlashga harakat qildik. Har bir kundan unumli foydalanishimiz, oldinga intilishimiz, rivojlanishda davom etish va bo'lajak o'yinlarga tayyorlanishimiz kerak. Yigitlarning ruhiyati mutlaqo mukammal edi. Bu bizga yaxshi o'yin ko'rsatishga va g'alaba qozonishga yordam berdi deb o'ylayman.
– Mois oqsagan holda maydonni tark etdi va unga muz qo'yildi. Uning holati haqida nima deya olasiz?
– U to'qnashuvda biroz zarba qabul qilib oldi. Lekin holati yaxshi edi. Unda oldin ham shunday holatlar bo'lgan: biroz zarba qabul qilib oladi, lekin keyin tezda tiklanadi. U 30 daqiqani juda yaxshi o'tkazdi va umid qilamanki, tiklanishga ulguradi va biz uni Irlandiyaga qarshi o'yinga tayyorlaymiz.
– Bir oy oldin hech kim bugun kechqurun futbol maydonida Alfi Jons va Promis Devidni ko'rishni tasavvur ham qilmagan bo'lardi, lekin biz ularni ko'rdik. Ularning tiklanish jarayonidan o'tib, maydonga tushishini ko'rish siz uchun qanday ahamiyatga ega bo'ldi?
– Menimcha, ularning har ikkisi ham bu darajaga etib kelish va o'zlariga imkoniyat yaratish uchun juda ko'p mehnat qilishdi. Bilasizmi, Tobi hali chap oyog'i bilan to'pga to'liq zarba bergani yo'q. Biz hali ham mushaklar tiklanishi uchun etarlicha vaqt bo'lishiga etibor qaratyapmiz. Lekin, u chap oyog'i bilan darvoza tomon aniq va kuchli zarba yo'lladi. U o'zini juda yaxshi his qilayotganini aytdi. SHuning uchun bu unga 100% formaga yaqinlashgani va Jahon chempionatiga tayyor ekani haqida ishonch berishi kerak deb o'ylayman.
– Jonatan Osorio boshqa poziciyada o'ynadi…
– Osorioning o'ziga xosligi shundaki, biz uning aqlli ekanligini bilamiz, men bu erga kelganimdan beri o'tgan ikki yil ichida u o'z o'yinidagi intensivlikni oshirdi deb o'ylayman. Menimcha, u juda yaxshi holatda. U mashg'ulotlarda juda yaxshi ishtirok etmoqda. Unda turli xil poziciyalarda o'ynash moslashuvchanligi bor. O'yin qanday kechganini hisobga olsak, o'sha kuni undan aynan shu joyda foydalanish ideal qaror bo'ldi deb o'ylayman. SHunday ekan, undan juda mamnunman. Jeyden Nelson ham juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Xullas, ko'plab yigitlar yaxshi taassurot qoldirmoqda.
– Edmontondagi kuchli yomg'ir ostida 46 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurgani elon qilindi. Siz ushbu muhit va jamoangizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislar haqida nima deya olasiz?
– Menimcha, Edmonton aholisiga yaxshi ob-havodan ko'ra yomon ob-havo ko'proq yoqadi, shunday emasmi? Muxlislar ajoyib darajada qo'llab-quvvatladi. Hamma bu erga vaqtli keldi. Jamoani qo'llab-quvvatlash darajasi fantastik bo'ldi. Oldinga intilishimiz bilan bu faqat o'sib boradi. Men maydonda tomoshabinbop futbol namoyish eta olganimizdan xursandman, shunda hamma keyingi bir necha hafta davomidagi o'yinlarni intiqlik bilan kutadi.
Fikrlar