24 noy 08:29
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekiston Professional boks federaciyasida hisobot-saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi
Yil yakunlanib borar ekan, barcha sohalarda, xususan sportda ham yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinadi.
Jumladan, kecha O'zbekiston Professional boks federaciyasida hisobot-saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi. Federaciya raisi Mirzanozim Do'stmurodov boshqargan yig'ilishda yil sarhisobi bilan birga qator tashkiliy masalalar ham ko'rib chiqildi.
O'zbek boksi rivojiga ulkan xissa qo'shib kelayotgan mutaxassis Vladimir Nikolaevich SHin federaciya raisining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi. Sidney-2000 Olimpiadasi chempioni Muhammadqodir Abdullaev rais o'rinbosari lavozimida qoldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar