18 dek 13:29
Yangiliklar

O'zbekiston professional boks federaciyasida yig'ilish bo'lib o'tdi
Unda so'zga chiqqan federaciya masullari tashkilot tomonidan yangi formatda ish boshlangani va bu boradagi rejalar bilan ishtirokchilarni tanishtirishdi.
- Oldimizda katta rejalar bor. Biz umuman yangi shaklda ish olib borishni maqsad qilganmiz. Uni amalga oshirish uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar, jumladan, istedodli bokschilar, murabbiylar va barcha sharoitlar bor.
Biz bu imkoniyatlardan to'la foydalansak, ulkan orzular bilan qo'liga qo'lqop kiygan yoshlarimizning muvaffaqiyatlari yanada ortadi. Maqsadimiz Lomachenko, Golovkinlarni O'zbekistondan chiqarish.
Bizda bu kabi bokschilar juda ham ko'p. Faqat birgalikda hamfikr bo'lib ishlasak kifoya, - dedi O'zbekiston professonal boks federaciyasi birinchi vice-prezidenti Vladimir SHin.
SHuningdek, tadbirda O'zbekiston professonal boks federaciya raisining o'rinbosari Muhammadqodir Abdullaev, bosh direktor Nabijon Ismanov, promouter Temur Sulaymonov so'zga chiqib, berilgan savollarga batafsil javob berdilar.
O'zbekiston professional boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar