So’nggi yangiliklar

19:02Пётр Ян "Қизил майдон"да Нурмагомедовга қарши жанг қилишга тайёрми? 0 18:39Волкановски: "Агар Холлоуэй Оливейрани енгса, унга чемпионлик жангини рад этиб бўлмайди" 0 18:17"Реал" ва Мбаппе вакиллари ўртасида зиддият: Килианнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ ва у "Ман Сити"га қарши ўйнашни истамаяпти 0 17:53Жастин Гэтжи Махачев — Топурия эҳтимолий жанги учун тахмин билдирди 0 17:29"Чимаевни нокаут қила олишимга ишонгандим" - Дю Плесси 0 17:05"Аввал Оқ уйни "эгаллаймиз", кейин "Қизил майдон"да турнир ўтказамиз - Пётр Ян 0 16:43Тартиб-интизом қўмитаси 1-турдаги қоидабузарликлар бўйича қарор чиқарди: Бабаян жаримага тортилди 0 16:22Биринчи ракеткамиз қатнаниши керак бўлган турнир иштирокчилари эвакуация қилинади 0 16:01IBF ва Zuffa Boxing ўртасида тушунмовчилик келиб чиқди 0 15:40Афсонавий Халк Хоганнинг оёқ кийими рекорд нархга сотилди + ФОТО 0 15:19"Менга умуман қизиғи йўқ!" — Трамп Эроннинг ЖЧ-2026`ни бойкот қилиш эҳтимолига муносабат билдирди 0 14:58Двалашвили нима учун UFC Ян билан трилогияни Оқ уйдаги турнирга қўймаслигини айтди 0 14:37Жавоҳир Синдаров Titled Tuesday турнири ғолиби! 0 14:16Макгрегор UFC билан музокара олиб боряпти 0 13:55Роналдунинг жароҳати ҳақида маълумот берилди 0

15 iyu 12:49
Yangiliklar

Qilichbozlik

O'zbekiston qilichbozlik federaciyasiga yangi Prezident tayinlandi

Teglar :  Qilichbozlik
O'zbekiston qilichbozlik federaciyasiga yangi rahbar tayinlandi.

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferenciyasi bo'lib o'tdi. Uni Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi.

Konferenciyada dastlab O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov so'z olib, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilayotgan davlat siyosati darajasidagi etibor va o'z navbatida bunday g'amho'rlik natijasida xalqaro maydonda, eng nufuzli musobaqalarda o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar, erishayotgan yutuqlar hususida to'xtalib o'tdi.

SHu jumladan mamlakatimizda qilichbozlik sport turi ommaviyligini yanada oshirish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sportning ushbu turi ananalarini qayta tiklash va rivojlantirish masalasi bugungi kun talabi ekanligiga alohida urg'u berib o'tdi.

Konferenciya kun tartibida tashkiliy masala ham ko'rib chiqildi. O'zbekiston qilichbozlik federaciyasiga so'nggi 10 oy davomida rahbarlik qilgan Adham Ilhamovich Ikramov mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, fuqarolar ijtimoiy farovonligini taminlash va yana boshqa ko'plab tashkiliy ishlar bo'yicha ish hajmi nihoyatda kattaligi va shu bois vaqt ziqligini etiborga olib, o'z hoxishlariga ko'ra federaciya raisi lavozimini topshirishga qaror qildilar.


Takidlab o'tish lozimki, Adham Ilhamovich rahbarligida O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi ishi sezilarli darajada jonlandi. Terma jamoalar uchun sportning ushbu turi taraqqiy etgan mamlakatlarda bir qator o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etildi. Ushbu yig'inlarda o'zbekistonlik sportchilar Olimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlari, jahon va Evropa chempionlari bilan birgalikda mashg'ulotlarda ishtirok etish, tajriba almashish imkoniga ega bo'lishdi.

Andijonda “Qilichbozlik majmuasi” foydalanishga topshirildi va bu sportchi hamda murabbiylar uchun o'ziga hos sovg'a bo'ldi. Endilikda poytaxtimizda ham sportning ushbu turiga ixtisoslashgan markaz qurib bitkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu o'z navbatida terma jamoalarimizning bo'lajak nufuzli musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rishi yo'lida tashlangan juda muhim qadam bo'ladi. SHunday ekan, Adham Ikramovning federaciya boshqaruvidagi faoliyatini hech ikkilanmay samarali bo'ldi deb ayta olamiz.

Konferenciyada O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi lavozimiga xaqiqiy sport jonkuyari, ko'p yillar davomida O'zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vaziri, Toshkent shahar hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan, hozirda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'ta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik obektlarni qurish, rekonstrukciya qilish va kapital tamirlash direkciyasi raisi Rustam Mavzurovich SHoabdurahmonov nomzodi ilgari surildi.

Delegatlar Rustam SHoabdurahmonov nomzodini bir ovozdan maqullashdi va uni qilizbozlik federaciyasi raisi lavozimiga saylashdi. SHuningdek, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining Bosh kotibi lavozimiga shu paytga qadar federaciya rais o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muhammad Humoyun Ibragimov bir ovozdan saylandi. 


Konferenciya yakunida federaciyaga yangi saylangan rais Rustam SHoabdurahmonov so'z olib, unga bildirilgan yuksak ishonch uchun eng avvalo davlatimiz rahbarlariga, shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi va Milliy olimpiya qo'mitasiga o'z minnatdorchiligini izhor qildi.

 -“Zimmamga qanday masuliyatli vazifa yuklanayotganligini juda yaxshi tushunib turibman. SHuni ishonch bilan ayta olamanki, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi ishini yangi bosqichga olib chiqish, sportning ushbu turini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish yo'lida bor imkoniyatlarimni ishga solaman. O'z navbatida menga bildirilgan yuksak ishonch uchun minnatdorchilik izhor etaman” – dedi Rustam SHoabdurahmonov.  

Takidlash lozimki, oldinda qilichbozlik federaciyasini o'ta masuliyatli davr kutib turibdi. Turli yosh toifalaridagi qita va jahon chempionatlari, nufuzli xalqaro turnirlar, Osiyo o'yinlari kabi musobaqalar orqali sportchilarimiz to'rt yillikning eng muhim starti – Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rishlari lozim. O'ylaymizki bugun amalga oshirilgan o'zgarishlar uzoq kuttirmay o'z samarasini beradi. SHuning bilan Konferenciya o'z ishini yakunlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing