So’nggi yangiliklar

19:05US Open теннис тарихида рекорд даражадаги соврин жамғармасини эълон қилди 0 18:42Мавлонбек Миркомилов Тошкентдаги Octagon 91 турнирида жанг қилади 0 18:05Моуринью ҳакамларни майдонда Винисиусни ҳимоя қилишга чақирди 0 17:17Мужибилло Турсунов рингга қайтяпти. У Россияда жанг қилади 0 16:30ИНТЕРВЬЮ. Учинчи Олимпиада? Борсам ҳам кумушга рози бўлмайман! — Ҳасанбой Дўсматов 0 15:47Енгил атлетикачиларимиз Марказий Осиё очиқ чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 15:12Жон Жонс UFC’га допинг-тест топширишда давом этяпти 0 14:41"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси жамоани тарк этиши мумкин 0 14:10Усман Нурмагомедов UFC баннерлари фонида сирли пост қолдирди + ФОТО 0 13:46Dana White’s Contender Series ғолиби UFC`да 11 миллион доллар ишлаб топди 0 13:17Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикети бошқарувидаги иштирокини янада мустаҳкамлади 0 12:42Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг 36 та иштирокчисидан 32 таси маълум бўлди 0 12:13Мовсар Евлоев чемпионлик жангидан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин 0 11:41Робот Усэйн Болтнинг рекордини янгилади 0 11:07Дзюдо бўйича терма жамоамиз янги бош мураббий қўл остида Lausanne Grand Slam 2026 турнирига йўл олди (Тўлиқ таркиб) 0

09 noy 10:23
Yangiliklar

Regbi

O'zbekiston regbi bo'yicha Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etishni rejalashtirmoqda

Joriy yilning 29 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori elon qilingan edi.

Kecha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida ushbu qarorda belgilab berilgan chora-tadbirlar ijrosini bajarish, regbi sportining rivojini yangi bosqichga olib chiqish mavzusiga bag'ishlab kengaytirilgan yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat raisining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston regbi federaciyasi rahbari Sodiq Safoev olib bordi. 

SHuningdek, yig'ilishda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, Respublikamizdagi barcha viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston Respublikasidan tashrif buyurgan mutasaddilar ham ishtirok etishdi.

Yig'ilishda dastavval regbi sportini rivojlantirish bo'yicha 2019-2022 yillar uchun ishlab chiqilgan “Yo'l xaritasi” tanishtirildi va qabul qilingan qaror mohiyati haqida yana bir bor to'xtalib o'tildi. 

Muhtaram Prezidentimiz har bir sport turi rivoji uchun bunday alohida qaror chiqarmaydilar. Regbi butun jahonda o'z o'rni va mavqeyiga ega bo'lgan sport turlaridan biri. Bu qarorning qabul qilinishi bizni yanada ilhomlantirdi. SHu bilan birgalikda elkamizga katta masuliyatni ham yukladi. Regbini yanada rivojlantirish haqida gap ketar ekan, avvalo, terma jamoaning moddiy-texnik bazasini kuchaytirishimiz kerak. Bor imkoniyatlardan samarali foydalanib, kuchli jamoalar shakllantirish lozim. Yil oxirigacha har bir viloyatda kamida bittadan ana shunday jamoa tuziladi. Qolaversa, regbi-15, regbi-7 bo'yicha ham erkaklar, ham ayollar bo'yicha kattalar, yoshlar jamoasini shakllantiramiz. Parijda bo'lib o'tadigan 2024 yilgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish bizning oldimizda turgan eng asosiy vazifa. Ishonamanki, ishni yaxshi yo'lga qo'ya olsak, buni uddalaymiz”, – dedi Sodiq Safoev. 

SHuningdek, yig'ilish davomida regbi sportining har bir viloyatdagi rivojlanish darajasi, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari to'g'risida tegishli vazifalar belgilab berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing