So’nggi yangiliklar

18:44БАА бош мураббийи мухлисларга мурожаат билан чиқди 0 18:23Ўзбекистон бокс терма жамоаси "Эйндховен кубоги"да қатнашади 0 18:02Петр Ян Двалишвили - О’Мэлли реванши учун тахмин билдирди 0 17:41"Алекс энди қайтмайди". Анкалаев Перейра ҳақида гапирди 0 17:20Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди 0 16:59Царукян — Махачев билан реванш ҳақида: "Бу ёпиқ мавзу" 0 16:38World Boxing спортчиларнинг жинсини аниқлаш учун мажбурий тест жорий этади 0 16:17Дзюдочиларимизнинг Жаҳон чемпионатига тайёргарлигидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:56ПСЖ яна бир иқтидор учун курашга қўшилди 0 15:35Жон Жонс Аспиналл билан жанг ҳақида: "Биз келишиб олдик" 0 15:14Чимаев чемпионлик жанги учун Кисловодскда йиғин ўтказяпти, Хотамбек Бойназаров ҳам ўша ерда 0 14:53Царукян Махачев — Маддалена жангининг фаворити кимлигини айтди 0 14:32Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди 0 14:11Маҳмуд Мурадов чемпионлик жанги олдидан рақиби билан учрашди (ВИДЕО) 0 13:50Бутунжаҳон каратэ федерацияси машҳур актёр — Жеки Чанни қора камар билан тақдирлади (ФОТО) 0

28 dek 14:44
Yangiliklar

Regbi

O'zbekiston regbi federaciyasining hisobot-saylov Konferenciyasi bo'lib o'tdi

Teglar :  Regbi
O'zbekiston regbi federaciyasi navbatdagi IX hisobot-saylov Konferenciyasini o'tkazdi.

Milliy olimpiya qo'mitasida bo'lib o'tgan tadbirda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat regbi federaciyasi prezidenti Sodiq Safoev, federaciyaning masul xodimlari va delegatlar ishtirok etishdi. 

Konferenciyani O. Kasimov olib bordi. Kun tartibidan O'zbekiston regbi federaciyasi rahbariyati va taftish komissiyasining hisoboti, Federaciya yangi rahbariyati, shuningdek, Ijroiya qo'mitasi va taftish komissiyasi azolarini saylash va boshqa turli masalalar o'rin olgandi.
Dastlab O'zbekiston regbi federaciyasi Bosh kotibi Jasur Artikov qilingan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Takidlash kerak, hisobot davri davomida Federaciya rahbariyati tomonidan mamlakatimizda regbi sport turini rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, ortda qolgan vaqt mobaynida Federaciyaning hududiy bo'limlari soni 11 taga etdi. Bunga qadar faqatgina ikkita viloyatda regbi federaciyasining bo'limlari faoliyat ko'rsatib kelayotgandi. O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda qiska muddat ichida harbiy qismlar va batalonlarda regbi bo'yicha jamoalar tashkil etildi va ular O'zbekiston chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Bunga misol tariqasida regbi-15 bo'yicha 2014 yilda Qurolli kuchlar o'rtasidagi mamlakat I chempionatida faqatgina 10 ta jamoa qatnashgan bo'lsa, bugungi kunda chempionatning saralash bosqichida 30 ta jamoa ishtirok etganligini ko'rsatib o'tish mumkin. 


O'zbekiston regbi federaciyasi 2014 yilda Dunyo regbisi (World Rugby) xalqaro tashkilotining to'laqonli azoligiga qabul qilindi. Federaciya prezidenti S. Safoev esa Osiyo regbi federaciyasi (ARFU) Ijroiya qo'mitasi azosi sifatida navbatdagi rotaciyaga qadar, bir yil muddat davomida faoliyat ko'rsatdi. 

2016 yilda mamlakatimizda Osiyo regbi federaciyasining Kengashi o'tkazildi va unda qitamizning barcha milliy federaciyalar vakillari ishtirok etishdi. Mazkur tadbir davomida poytaxtimizga shuningdek, World Rugby xalqaro tashkiloti prezidenti Bernard Lappaset ham tashrif buyurdi va yurtimizdagi mavjud sport infratuzilmasi bilan bevosita tanishdi. 
2017 yil davomida terma jamoamiz azolari Gonkong, Tayvan, Janubiy Koreya va Qirg'iziston kabi davlatlarda o'tkazilgan xalqaro turnirlar va o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etishdi. Yana bir muhim jihati, bugungi kunga kelib O'zbekiston regbi federaciyasiga Osiyo regbi federaciyasi rahbarlarining ishonchi ortganligiga ham guvoh bo'lishimiz mumkin.

Konferenciyada O'zbekiston regbi federaciyasining faoliyati qoniqarli deb baholandi. SHundan so'ng, Federaciya rahbariyatini saylash marosimi bo'lib o'tdi. So'nggi yillarda Federaciyaga rahbarlik qilib kelgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Salixovich Safoev bir ovozdan Federaciya prezidenti lavozimiga navbatdagi muddatga qayta saylandi. Mudofaa vazirligi masul xodimi SHuhrat Akramovich Ikromov Federaciyaning birinchi vice-prezidenti, Qahramon Hakimovich Djalilov esa vice-prezidenti lavozimlariga saylanishdi. Federaciya Bosh kotibi sifatida faoliyat ko'rsatib kelgan Jasur Artikov ham o'z lavozimiga qayta tayinlandi va ishini davom ettiradigan bo'ldi.

Konferenciya yakunida O'zbekiston regbi federaciyasi prezidenti Sodiq Safoev so'z olib, hamkorlik uchun Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi hamda Milliy olimpiya qo'mitasiga minnatdorchilik izhor qildi. Yurtimizda regbi sportini yanada rivojlantirish borasida ustuvor vazifalar hususida gapirdi. SHuning bilan O'zbekiston regbi federaciyasining navbatdagi IX hisobot-saylov Konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing