So’nggi yangiliklar

12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0 09:47Махачев Усман Нурмагомедовнинг кечаги қилмишига муносабатини билдирди + ФОТО 0 09:16БАА қонунлари бўйича Усман Нурмагомедовни қандай жазо кутаётгани айтилди 0 08:45Илия Топурия Усман Нурмагомедовнинг ҳибсга олингани ҳақида хабар берди 0 08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0 07:43Total Chess. Абдусатторов иккинчи кун Фирузджага қарши иккита партия ўтказди 0 07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0 23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0

29 may 15:48
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti futzal bo'yicha Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish bo'yicha maxsus qaror qabul qildi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024 yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024 yil 14 sentyabr – 6 oktyabr kunlari bo'lib o'tadigan 2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish, uni yuqori darajada tashkil etish va o'tkazish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024 yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mita tarkibi;
  • 2024 yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi.

SHuningdek, 2024-yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo'ylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

Jahon chempionatida akkreditaciyadan o'tgan shaxslarni identifikaciyalovchi va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida ro'yxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi. 2024 yil avgust – oktyabr oylarida Jahon chempionatida akkreditaciyadan o'tgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati o'yinlariga chiptalari mavjud bo'lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yo'l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi.

Jahon chempionatida akkreditaciyadan o'tgan shaxslar hamda o'yin kunlari chiptalari mavjud bo'lgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing