30 iyu 12:27
Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun belbog'li kurash bo'yicha Jahon chempionati o'tkaziladi VIDEO
Olmaliq shahrida joylashgan “Olmaliq KMK” AJ sport majmuasi mezbonlik qiladigan chempionatga Germaniya, Isroil,Hindiston, Eron, Xitoy kabi dunyoning 40 ga yaqin mamlakatidan 200 nafarga yaqin nafar sportchilar tashrif buyurishi kutilmoqda.
Jahon birinchiligida o'g'il bolalar 42, 45, 50, 55, 60, 65, 71, 77, 85, 95 kg.gacha va 95 kg.dan yuqori vazn toifalarida kuch sinashsa, qizlar 44, 48, 52, 57, 63, 70, kg.gacha va 70 kg.dan yuqori vaznda g'oliblik uchun bahs olib borishadi.
Musobaqada o'z vazn toifalarida 1-o'rinni qo'lga kiritgan polvonlar 1500 AQSH dollari, 2-o'rin sohiblari 1000 AQSH dollari hamda 3-o'ringa sazovor bo'lgan polvonlar esa 500 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.
Fikrlar