So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

10 avg 11:43
Yangiliklar

Kurash

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilayotgan jahon chempionatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Olmaliq shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun belbog'li kurash bo'yicha 2002-2004 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida jahon chempionati o'tkazilmoqda.

Kecha oqshom “Olmaliq KMK” AJ sport majmuasida ushbu nufuzli musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Xalqaro belbog'li kurash federaciyasi prezidenti Gintausas Vileyta, jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Toshkent viloyati hokimining birinchi o'rinbosari Odilxon Rustamov, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida so'zga chiqqan Xalqaro belbog'li kurash federaciyasi prezidenti Gintausas Vileyta musobaqaga yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rilganligini takidlar ekan, belbog'i kurash sportiga qaratilgan etibor uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevga, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, mamlakat belbog'li kurash federaciyasiga minnadorchilik bildirdi.

Jahon chempionatini ochib bergan jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev turnir ishtirokchilarini qutlar ekan, shunday dedi: —“Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish xususan milliy sportimiz bo'lgan belbog'li kurashni rivojlanishiga alohida etibor qaratilmoqda. Natijada mazkur sport turi bilan shug'ullanuvchilar soni hozirgi kunga kelib mamlakatimizda yuz ming nafarga yaqinlashdi. Ushbu musobaqa ham dunyo bo'ylab belbog'li kurashni keng ommalashtirish maqsadida tashkil etildi. Barcha ishtirokchilarga omad yor bo'lishini tilab qolaman”.

Musobaqani tomosha qilish uchun yurtimizni turli hududlaridan belbog'li kurash ixlosmandlari tashrif buyurishgan.

 

 

Tadbir davomida xonandalar tomonidan kuy-qo'shiqlar kuylandi. O'zbek milliy raqslari bilan birgalikda mehmon mamlakatlarning milliy raqslari ijro etilishi yig'ilganlarga yanada ko'tarinki kayfiyat ulashdi. 

Eslatib o'tamiz, ushbu chempionatda o'g'il bolalar o'nta vazn toifasida (42, 45, 50, 55, 60, 65, 71, 77, 85, 95 kg.gacha va 95 kg.dan yuqori) kuch sinashsa, qizlar ettita (44, 48, 52, 57, 63, 70 kg.gacha hamda 70 kg.dan yuqori) vaznda g'oliblik uchun bahs olib borishadi.

Musobaqada o'z vazn toifalarida 1-o'rinni qo'lga kiritgan polvonlar 1500 AQSH dollori, 2-o'rin sohiblari 1000 AQSH dollari hamda 3-o'ringa sazovor bo'lgan polvonlar 500 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing