11 jan 15:54
Yangiliklar
O'zbekiston - Suriya uchrashuvi hakamlari malum
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, O'zbekiston - Suriya uchrashuvida o'monlik Ahmad Al Kaf bosh hakam bo'ladi. Unga hamyurtlari Abu Bakar Salim Al Amri va Rashid Hamid Al Gaiti yordam berishsa, zaxira hakami sifatida iroqlik Mohanad Qosim Sarray ishlaydi.
Osiyo Kubogi-2023, 1-tur
O'zbekiston - Suriya
13 yanvar 2023 yil. "Jassim bin Hamad", Doha. 22:3 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam: Ahmad Abu Bakar Al Kaf (O'mon)
Qanot hakamlari: Abu Bakar Salim Al Amri, Rashid Hamid Al Gaiti (ikkalasi O'mon)
Zaxira hakami: Mohanad Qosim Sarray (Iroq)
VAR: Hamis Muhammad Al Marri (Qatar)
VAR assisenti: Salma Ahmad Falahi (Qatar)
Beshinchi hakam: Vatiq Mdallal Al Svayidi (Iroq).
Eslatib o'tamiz, mazkur bahs 13 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30da "Jassim bin Hamad" stadionida boshlanadi.
Fikrlar