16 noy 14:44
Yangiliklar
Futbol
O'zbekiston terma jamoasining ikki vingeri Qozog'istonga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi
Bugun O'zbekiston MTJ Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida Qozog'iston terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
Bugungi bahsda mezbonlar safida Jaloliddin Masharipov va Oybek Bozorov harakat qilmaydi.
"O'zbekiston milliy jamoasi futbolchilari Jaloliddin Masharipov va Oybek Bozorov bugungi Qozog'iston terma jamoasi bilan o'yinda ishtirok eta olmaydi. Ikkala futbolchi betoblik his etgan va tibbiy shtab ularning holatini to'liq o'rganib chiqqunga qadar tavakkal qilmaslikka qaror qildi", — deyiladi O'FA xabarida.
Eslatib o'tamiz, o'yin bugun Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi.
Havola :
Fikrlar