28 avg 17:38
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 - “SBS Cup” xalqaro musobaqasi g'olibi!
Unda Farhod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Dastlab jamoamiz Yaponiyaning "SHizuoka" klubi bilan 3:3 hisobida durang o'ynashdi va penaltilar seriyasida g'olib bo'lishdi - 4:3.
Ikkinchi turda O'zbekiston urugvaylik tengqurlarini 1:0 hisobida taslim qildi.
Nihoyat musobaqaning so'nggi turida mezbon terma jamoaga qarshi bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida yana vakillarimizga omad kulib boqdi - 5:4. SHunday qilib O'zbekiston U-19 “SBS Cup” xalqaro musobaqasi g'olibiga aylandi.
Quvonarlisi, terma jamoamiz azosi Rustambek Fomin musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Yaponiya U-19 - O'zbekiston U-19 - 1:1 (penaltilar seriyasi: 4:5)
Gollar: Sunya Sakai 16 - Rian Islamov 59.
O'zbekiston U-19: 12.Asrorbek Kenjaev, 3.Sunnatilla Poyonov, 4.Mirkomil Abdurazzoqov, 5.Tohirbek To'xtasinov, 6.Aleksandr Zevadinov, 7.Asadbek Kohorjonov, 11.Rian Islamov, 14.Mahmud Jo'raboev, 15 Javohir O'tamurodov, 17.Nodirbek Abdurazzoqov (c), 19.Rustambek Fomin
Zaxiradagilar: Bayram Najafaliev, Diyorbek Inomov, Daler Tuxsanov, Og'abek Asadov, Muhammadali Usmonov, Elyorbek Mo'minqulov, Asadbek Jo'raboev.
Fikrlar