So’nggi yangiliklar

19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0 18:49Болаларга қувонч улашган "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:18Махачев: "Баъзиларга "Оғайни, машғулот ўрнига бориб ишла" дегинг келади" 0 17:54Дональд Трамп: "Оқ уй яқинидаги UFC аренаси абадий қолиши мумкин" 0 17:28Шакира ва Burna Boy очилиш маросимида ЖЧ-2026 мадҳиясини ижро этади 0 16:53Жон Жонс ва Даниэль Кормье ўртасида трилогия ўтказилади 0 16:25Аниш Гири Синдаровнинг Бибисара билан муносабати тўғрисида ҳазиломуз пост жойлади 0 15:50Дмитрий Бивол P4P рейтингида Топ-10`га қайтди 0 15:14Бельгия терма жамоаси бош мураббийи: "Биз аутсайдермиз" 0 14:44Тожикистонлик UFC жангчиси Рамазон Темиров билан бир кардда октагонга чиқади 0 14:01Жаҳонгир Зокиров Zuffa Boxing'даги илк жангини мағлубиятсиз боксчига қарши ўтказади 0 13:33Камончиларимиз Анталиядаги Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 12:54"Манчестер Сити" "Реал"га 90 миллион евро беришга тайёр 0 12:27Makarska Open. Тимофеева икки ғалаба эвазига 1/4 финалга чиқди 0 12:03Ислам Махачев: "Онам ММАдаги фаолиятимни якунлашимни хоҳлаяпти. Ҳаммаси тамом, шекилли" 0

05 apr 11:18
Yangiliklar

Ot Sporti

O'zbekiston va Italiya o'rtasida ot sporti bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yildi

O'zbekiston yilqichilik va ot sport federaciyasi raisi Bahromjon Gaziev hamda Italiya ot sporti federaciyasi rahbari Marko di Paolo o'zaro hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Ushbu kelishuvda hamkorlik xalqaro darajada olib borilishi ko'rsatilgan. Onlayn o'tgan mazkur tadbirda O'zbekistonning Italiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Otabek Akbarov ham qatnashdi.

Tadbir doirasida Italiya tomoni Bahromjon Gaziev boshchiligidagi delegaciyamizni joriy yilning 25-29 may kunlari Siena shahrida o'tadigan xalqaro musobaqa hamda 15-25 sentyabr sanalarida uchkurash va drayving bo'yicha o'tadigan jahon chempionatiga taklif etdi. O'z navbatida mamlakatimiz tomoni ham aprel oyida Toshkentda o'tadigan konkur bo'yicha xalqaro musobaqada Marko di Paoloni faxriy mehmon sifatida ko'rishdan mamnun ekanini bildirdi.

Hamkorlik kelishuviga ko'ra, o'zbekistonlik chavandozlar Italiyadagi eng yaxshi bazalardan biri “Pratoni Eventing – Ranieri” ot sporti klubi va ushbu davlat hududida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishi, musobaqalarda ishtirok etishi mumkin. SHuningdek, tomonlar yirik ot zavodlari faoliyatida ham hamkorlik qilish bo'yicha keluvga erishdilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing