So’nggi yangiliklar

21:54Элит ОЧЛ ўтиш ўйини: "Пахтакор" Иордания клубини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:09Ўзбекистонлик спортчининг Эркабулан Токтарга қарши жанги эълон қилинди 0 19:01"Сурхон" Беҳруз Каримовнинг трансферидан қанча пул ишлаб топди? 0 18:18Бибисара ҳам борми? Қозоғистон терма жамоасининг Самарқанддаги Шахмат Олимпиадаси учун таркиби расман эълон қилинди 0 17:30Собиқ чемпион нега Хабибни ММА тарихидаги энг буюк жангчи деб ҳисоблашини тушунтирди 0 16:52UFC рейтинги янгиланди: Нокаутчи енгил вазн тоифасида Топ-5`га яқинлашди 0 16:13Трамп ФИФА атрофидаги можаро фонида Инфантинонинг ёнини олди 0 15:37Grand Chess Tour: Синдаров 475 000 долларлик турнирдаги юришини бошлади 0 15:01Головкиннинг World Boxing ташкилотига 6 та янги федерация қўшилди + ФОТО 0 14:35Моралес Махачев - Гэрри жангини суғурталаш учун 9 кг вазн ташлаши керак 0 13:58Дунёнинг учинчи энг бой инсони “Ливерпуль” эгаларидан бирига айланади 0 13:31Топурия жамоаси Гэтжидан зудлик билан реванш олишни талаб қилмоқда 0 12:58Усман Нурмагомедовнинг менежери Макс Холлоуэйдан узр сўради 0 12:33Даниэль Кормье нима учун Жонсни мағлуб эта олмаганини айтиб берди 0 11:59"Реал"нинг янги футболчилари 2026/27 йилги мавсумда қайси рақамлар ўйнашлари маълум 0

02 okt 18:40
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston va Ozarbayjon futbol bo'yicha 2027 yilgi U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Bu haqda O'zbekiston futbol assosiaciyasi axborot xizmati xabar berdi.

"Bugun FIFA Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kun tartibidan o'rin olgan muhim masalalar qatorida 2027 yilgi 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionati mezbonlari aniqlandi. Unga ko'ra, O'zbekiston va Ozarbayjon birgalikda yoshlar o'rtasidagi Mundialga mezbonlik qilishi belgilandi. Mazkur musobaqa FIFA tomonidan o'tkaziladigan milliy terma jamoalar o'rtasidagi Jahon chempionatidan keyingi ikkinchi nufuzli musobaqa hisoblanadi. 

So'nggi yillarda mamlakatimiz ko'plab yirik xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilib, katta tajriba orttirdi. Xususan, 2024 yilda yurtimizda o'tkazilgan FIFA Futzal Jahon chempionati yuqori saviyada tashkil etilgani xalqaro futbol hamjamiyati tomonidan alohida etirof etildi. Mazkur musobaqalar, shuningdek, o'zbekistonlik mutaxassislarining xalqaro miqyosdagi yirik turnirlarni o'tkazish bo'yicha etarlicha tajriba va salohiyat to'plashiga imkoniyat yaratdi.

2027 yilga kelib dunyoning eng iqtidorli yosh futbolchilari FIFA U-20 Jahon chempionatida ishtirok etish uchun O'zbekiston va Ozarbayjonda to'planishadi. Yurtimiz, har doimgidek, o'zining mehmondo'stligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va albatta futbolsevar muxlislarining mehri bilan butun dunyo etiborini qozonishga tayyor", deyiladi xabarda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing