So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

13 apr 16:02
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston, Xitoy, Tailand? Osiyo chempionatida kim Qozog'istonning asosiy raqibi bo'ladi? (tarjima)

Yaxshi bilasiz, boks bo'yicha yaqinlashib kelayotgan Osiyo chempionatida Qozog'iston terma jamoasi vakillarimizning asosiy raqibi hisoblanadi.

Qozog'istonning vesti.kz saytida ushbu musobaqa oldidan tahliliy maqola taqdim etildi. 

Etiboringizga ushbu maqolaning tarjimasini havola qilamiz. 

Osiyo kubogi boshlanishiga bir hafta qolganda Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Galimbek Kenjebaev to'liq tarkibni elon qildi.Tailandda bo'ladigan Osiyo chempionatiga boradigan tarkibni hozirdagi eng kuchlisi deb hisoblash mumkin. Faqatgina jarohat tufayli Abilayxan Jusupov (-69 kg) i Abilxan Amankul (-75kg) ishtirok etmaydi.

Qozog'iston tarkibi:

-49 kg: Temirtas Jusupov

-52 kg: Anvar Muzapparov

-56 kg: Qayrat Eraliev

-60 kg: Zakir Safiullin

-64 kg: Sanatali Toltaev

-69 kg: Aslanbek SHimbergenov 

-75 kg: Tursinbay Kulaxmet

-81 kg: Bek Nurmaganbet

-91 kg: Vasiliy Levit 

+91 kg: Kamshibek Kunkabaev


O'zbekiston

O'zbekiston terma jamoasi deyarli yulduzli tarkibidan ayrildi. Faqatgina Hasanboy Do'smatov tarkibda bor. Lekin, u mazkur Osiyo chempionatida boshqa vaznda ringa chiqadi. SHuningdek, professional boksga o'tib ketgan Isroil Madrimov (-75) va Bahodir Jalolov (+91) Osiyo chempionatida qatnashish uchun qaytib kelishdi. Qolgan bokschilar esa, avvalari 2-3 tarkib azolari bo'lib, ushbu turnir ular uchun imkoniyat vazifasini bajaradi. 

O'zbekiston xavflimi? Albatta, Olimpiada yaqinligini hisobga olsak. Do'smatov Tokio-2020ga ikkinchi oltin medal uchun borishi aniq. SHuningdek, Madrimov, Jalolov va yana bir necha yosh istedodlarni ham unutmaslik kerak. Ularning maqsadlari juda jiddiy.


Hindiston

Ha, siz noto'g'ri o'qimadingiz. Hindiston hozirda Osiyoning top terma jamoasiga aylanib ulgurdi. Ularning asosiy yulduzi SHiva Tapa(-60) endigina 25 yoshni qarshiladi, lekin u allaqachon yulduzga aylandi. Oxirgi ikki Osiyo chempionatida hindlar faqatgina o'zbeklardan ortda qolishgandi, lekin bu safargi Osiyo chempionatida kim ularni to'xtadi? SHuningdek, Hindistoning eng og'ir vaznda ringga ko'tariladigan Sumit Sanvan ham unutmaslik kerak. Osiyo chempionati-2017da u faqat qozog'istonlik raqibiga imkoniyatni boy bergan.


Tailand

Mezbonlar o'z uylarida medallar uchun kurashishlari aniq. 2015 yilgi Osiyo chempionatida ularning ikki bokschilari finalga qadar etib borgandi va ikkovi ham oltin medalni qo'lga kiritgan. 2017 yilgi Osiyo chempionatida hech qanday medalni qo'lga kiritishmadi. Bu qarzni ular Bankokda uzishga harakat qilishi aniq.


Xitoy

Osiyo chempionatida katta natijaga erishishi mumkin bo'lgan yana bir nomzod terma jamoa. Xitoyliklar Toshkentdagi Osiyo chempionatida uchta medal olishgandi, bitta kumush va ikkita bronza. Xitoyning Osiyo chempionatlaridagi eng katta natijasi 2011 yilgi turnir bo'lgan. O'sha turnirda bir yo'la besh nafar xitoylik charm qo'lqop ustasi finalga qadar etib borgan va yakunda ikkitasi chempionlikka erishgan. Ular bu yil ham shu natijani qaytarishga urinishlari aniq. 

Eslatib o'tamiz, boks bo'yicha Osiyo chempionati 17-28 aprel kunlari o'nta vazn toifasida Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo'ladi.


Nig'monxo'ja Nozimov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

+2   
13 apr 16:42:19
Dilshot Solihov
Yana bilmadmu mani shahsi fikrim Qozoq bo'kischilarini 81. 90 . 90+ kg lardan boshqa vazinlarda oltin uchun imkoniuatlari yo'q deb xisobliman ! Masalan mani yashash joyim Qozoqistonga juda yaqin hudutta bir iktta Qozoq bo'kisga tushinadigan qardosh do'stlarimdan suhbatlashkanimda Abilhan hamda Ablayxani bormasligi ularni imkoniyatini juda pasaytirvorganmush xattoki xazil aralash Israylga medalli shundog'am bervorsa bo'lardi nimaqib ovora bo'p borvoti dip xazulashishdi .
   
13 apr 20:58:50
Ŕæfîķøv Òķhůñ
Mani fikrimcha 49 kgda medal Xindistoniki bòlish ehtimoli bor. Amit òzini ancha tanitib oldi. Bizni bokschilarimizdan Isroil, Bahodir,oltin olish ehtimoli baland
   
13 apr 20:58:35
Ŕæfîķøv Òķhůñ
Mani fikrimcha 49 kgda medal Xindistoniki bòlish ehtimoli bor. Amit òzini ancha tanitib oldi. Bizni bokschilarimizdan Isroil, Bahodir,oltin olish ehtimoli baland
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing