So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

30 mar 17:22
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekistonda boks bo'yicha FLASHMOB: Toshkent shahridagi festival qanday o'tdi?

Yaxshi bilasiz, O'zbekiston boks federaciyasi yurtimizda sportning ushbu turini yanada ommalashtirish yo'lida keng ko'lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

 Yosh avlodni boksga qiziqtirishda sport yulduzlari bilan uchrashuvlar, ommaviy tadbirlarning ahamiyati katta. Bugun, 30 mart kuni Respublikamiz bo'ylab, boks bo'yicha katta FLASHMOB (Ochiq mashg'ulotlar festivali) bo'lib o'tdi. Tadbirning Toshkent shahridagi qismi "EcoPark"da tashkil etildi. Soat 12:00da boshlangan tadbirda O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, o'zbek boksi yulduzlari, yosh bokschilar, estrada yulduzlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va muxlislar ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida so'zga chiqqan O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov yosh avlodni sportga qiziqtirishda bunday tadbirlarning ahamiyati katta ekanligini, ana shunday qiziqish ortidan bo'lajak Osiyo, jahon va Olimpiya o'yinlari chempionlari etishib chiqishini takidlab o'tdi. SHuningdek, mamlakatimiz rahbari SHavkat Miromonovich Mirziyoev va hukumatning sportga, hususan boksga ko'rsatayotgan etibori samarasi o'laroq, o'zbekistonlik bokschilar ham xalqaro arenalarda munosib yutuqlarni qo'lga kiritayotgani ham S.Polatov tomonidan aytib o'tildi. 

Bundan tashqari, tadbirda qatnashgan Rufat Risqiev, Muhammadqodir Abdullaev, SHahobiddin Zoirov va xorijiy boks yulduzlari Mixail Yurchenko va Andrey Kurnyavka o'zlarining eng samimiy tilaklarini bildirib o'tishdi. 


SHundan so'ng, tadbirning asosiy qismi - Ochiq mashg'ulotlar festivali boshlandi. Uni Olimpiya o'yinlari va jahon chempionati sovrindori Rustam Saidov olib bordi.

O'zbek estradasi yulduzlari Jahongir Poziljonov, SHahzoda, Nilufar Usmonova, Jasur Umirov kabi xonandalarning chiqishi ushbu boks bayramiga yanada ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi. 

Tadbir davomida yosh sportchilar boksimiz yulduzlari bilan birga suratga tushib, ulardan dastxat olish imkoniyatiga ham ega bo'lishdi. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Tadbirdan olingan suratlarni tomosha qiling


Reyting:    

Fikrlar

   
31 mar 07:05:30
Dilshot Solihov
Kazsport live qvoti hozi Qudratilla tushadi!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing