04 avg 08:06
Yangiliklar
Voleybol

O'zbekistonda ilk bor o'tkazilgan voleybol bo'yicha U-19 Jahon chempionati yakunlandi
24 iyul kuni Toshkentda start olgan va dunyoning eng kuchli jamoalarini bir maydonga to'plagan voleybol bo'yicha yigitlar o'rtasidagi U-19 Jahon chempionati kecha o'z yakuniga etdi.
So'nggi kunning final bahsida amaldagi chempion Franciya terma jamoasi Polshani 3:1 hisobida mag'lub etib, yana bir karra jahon chempionligini qo'lga kiritdi. Bronza medali uchun kechgan murosasiz o'yinda esa Ispaniya terma jamoasi Eron ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
CHempionatning taqdirlash marosimida O'zbekiston voleybol federaciyasi, Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati azolari ham ishtirok etib, g'olib va sovrindorlarni tabrikladi hamda musobaqa yuksak saviyada o'tganini takidladi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar