28 mar 07:32
Yangiliklar
Futbol
O'zbekistonlik besh hakam Qatardagi U-23 Osiyo Kubogida ishlaydi
Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi nufuzli turnirda o'zbekistonlik hakamlar ishlashadi.
15 apreldan 3 mayga qadar Qatar poytaxti Doha shahrida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo kubogi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ahamiyatli jihati, ushbu musobaqada ishlovchi rasmiylar ro'yxatidan 5 nafar vakilimiz ham joy olgan.
Bosh hakam Rustam Lutfullin, yordamchi hakamlardan Sanjar SHoyusupov va Alisher Usmonov, shuningdek, VAR hakami Firdavs Norsafarov hamda hakamlar nazoratchisi Vladislav Ceytlin musobaqaga ishlash uchun jalb etilgan.
Havola :
Fikrlar