06 avg 18:30
Yangiliklar

O'zbekistonlik besh tennischi Roland Garros musobaqasining chorak finaliga yo'l oldi
Musobaqaning bugungi kuni doirasida o'zbekistonlik tennischilar chorak final bosqichiga chiqishdi.
CHorak finalda O'zbekistondan to'liq o'g'il bolalar tarkibi guruh bosqichidagi ishonchli o'yinlardan so'ng turnirning eng yaxshi 8 taligiga yo'l olishdi:
• Mahmudbek Beknazarov
• Abdurahmon Karimov
• Akmal Abdullaev
• Alan Zinatulin.
Ayollar o'rtasidagi bahslarda esa Keyra Kim guruh bosqichida ikkala raqibasini ham ishonchli tarzda mag'lub etdi va 1-8 o'rinlar uchun pley-offga chiqqan yagona O'zbekiston vakili bo'ldi. Keyra uchun bu xalqaro maydonga chiqish va Franciyadagi finalda ishtirok etish yo'lidagi muhim qadamdir.
Turnir Markaziy va G'arbiy Osiyoning eng kuchli o'yinchilarini birlashtiradi. Saralash bosqichining final o'yinlari 9 avgust kuni bo'lib o'tadi. O'g'il-qizlar o'rtasida g'olib va sovrindorlar Yaponiyada bo'lib o'tadigan final bosqichida mintaqa sharafini himoya qiladi.

Fikrlar